Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi libosi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi libosi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Germaniyaning Jako kompaniyasi bilan shartnoma imolagan va ushbu shartnomaga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi - 2019 dan boshlab yangi liboslarda maydonda to‘p surishi belgilab qo‘yilgandi.    Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi binosida O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi libosi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Terma jamoalar departamenti direktori Sharofiddin Hojiniyozov, Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Olim Arifov, shuningdek, O‘FA mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.  Yig‘ilganlarga milliy terma jamoamiz uchun Jako kompaniyasi tomonidan tayyorlangan yangi formalar namoyish qilindi.   O‘FA Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Olim Arifov Jako kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha yig‘ilganlarga quyidagilarni ma’lum qildi: "O‘zbekiston futbol assosiasiyasi terma jamoamizga libos yetkazib beruvchi bir qator kompaniyalar bilan muzokara o‘tkazib, yakunda Germaniyaning Jako kompaniyasi bilan shartnoma imzolaganidan xabaringiz bor. Bu kompaniya biz uchun manfaatli bo‘lgan shartlar asosida bizga liboslarni taqdim qilmoqda. Milliy terma jamoamiz a’zolariga 116 xil libos va aksessuarlar bepul taqdim qilinsa, qolgan terma jamoalarga 50 foizli chegirma asosida formalar yetkazib beriladi.    Yetkazib berilayotgan liboslar ichida har qanday ob-havo sharoitida mashg‘ulot o‘tkazish va maydonda harakat qilishga mo‘ljallangan libos va aksessuarlar mavjud.  Jako kompaniyasi bilan 3 yillik shartnoma imzolangan bo‘lib, Milliy terma jamoamiz Jahon chempionati saralashida muvaffaqiyatli qatnashsa, shartnoma muddati uzaytiriladi va shartlari qayta ko‘rib chiqiladi", - deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi Olim Arifov.   O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari mazkur liboslarda Birlashgan Arab Amirliklari yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etishini tilab qolamiz!

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 16:17, 27.12.2018.
O'qildi: 7229 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.