Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbek klublari tarixidan – “Nasaf”

O‘zbek klublari tarixidan – “Nasaf”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Qarshining “Nasaf” klubi nafaqat yurtimizda, balki qit’amizda ham o‘z obro‘-e’tiboriga ega jamoalardan sanaladi.

“Nasaf” futbol klubi 1986 yilda Qarshi shahrida tashkil etilgan. 1997 yildan buyon O‘zbekiston Oliy ligasining doimiy qatnashchisi.

O‘sha mavsumda “Nasaf” oltinchi o‘rinni egallagan. 2000 yilda esa jamoa ilk marta bronza medaliga ega chiqdi. Shundan so‘ng yana 9 marta O‘zbekiston chempionati finishiga jamoa 3-bo‘lib keldi.

“Nasaf” jamoasi qit’amiz miqiyosida xalqaro maydonda g‘alabaga erishgan yagona o‘zbek klubi bo‘lib turibdi. 2011 yil jamoa tarixidagi eng esda qolarli mavsum sifatida yodda qoladigan bo‘ldi. Mavsum avvalida tarkibga bir qator tajribali va iqtidorli futbolchilarni jalb etgan qarshiliklar bir yo‘la uchta musobaqa – Osiyo futbol konfederasiyasi kubogi, O‘zbekiston chempionati va kubogi bellashuvlarida muvaffaqiyatli qatnashishdi. Ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Demyanenko qo‘l ostida qarshilik futbolchilar 2011 yili Osiyo Futbol Konfederasiyasi kubogini qo‘lga kiritishdi.

Ortda qolgan mavsumda “Nasaf” klubi Superligada 7-pog‘onani band etdi.

“Nasaf” jamoasi erishgan natijalari:

OFK Kubogi sohibi (2011)

2 karra O‘zbekiston chempioni vise-chempioni (2011, 2017)

10 karra O‘zbekiston chempionati bronza medali sohibi (2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013-2016)

O‘zbekiston Kubogi sohibi (2015)

O‘zbekiston Superkubogi sohibi (2016)

Osiyo Chempionlar Kubogi yarim finalchisi (2001/02)

2 karra OFK “Fair play” sovrini sohibi (2002, 2011)

Jamoada to‘p surgan mashhur futbolchilar: Ro‘ziqul Berdiyev; Botir Qorayev; No‘’mon Xasanov; Aleksandr Xvostunov; Vladimir Shishelov; Shuhrat Mamajonov; Kaxa Gogoladze; Artur Gevorkyan; Sergey Krot; Dmitriy Kozachenko; Andrey Pereplyotkin; Ivan Boshkovich; Boyan Malishich; Aleksandr Petrovich.

Jamoani boshqargan mashhur murabbiylar: Viktor Borisov; Viktor Makarov; Bahrom Hakimov; Vladimir Fomichyov; Viktor Kumikov; Anatoliy Demyanenko; Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 10:17, 31.12.2018.
O'qildi: 4425 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.