Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

21-asrdagi Milliy terma jamoamizning eng zo‘r o‘yinlari (1-qism)

21-asrdagi Milliy terma jamoamizning eng zo‘r o‘yinlari (1-qism)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasining har bir o‘yini muxlislarni hayajonga soladi. O‘yinlar orasida shundaylari borki, ular ishqibozlar xotirasida umrbod qoladi. Mana shunaqa uchrashuvlarni yodga olishga qaror qildik.

O‘zbekiston - Shimoliy Koreya - 3:1

"Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv hammamizning yodimizda bo‘lsa ajab emas. Jamoamiz avvaliga tezkor gol o‘tkazib yuborib, keyin o‘yinga qaytishga muvaffaq bo‘lgan edi. Sergeev, Geynrih, Ahmedov bittadan gol urib, jamoamizni hal qiluvchi bosqichga olib chiqishgandi. Bu o‘yining reytingimizdan joy olganining asosiy sababi — stadiondagi muhit! Muxlislarning hayqiriqlari haligacha qulog‘im ostida! Men ham o‘sha uchrashuvda «Paxtakor» stadionida edim. «Paxtakor» baribir boshqacha arena! U yerni boshqacha fayzi bor!

O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni - 3:1

2015 yildagi Osiyo kubogi. Guruh bosqichining 3-turidagi hal qiluvchi uchrashuv. Durang ham raqiblarmizni keyingi bosqichga olib chiqadi. Esladingiz-a?! Ana o‘sha uchrashuv o‘zining dramatik o‘tgani bilan yodimizda qolgan. Avvaliga Rashidov hisobni ochadi, so‘ng raqiblar hisobni tenglashtirishadi, o‘yin tugashiga chamasi 20 daqiqalar qolgan bir paytda Shodiyev boshi bilan darvozani ishg‘ol qiladi (o‘shanda goldan so‘ng ko‘z yoshlarini berkita omagan edi). So‘nggi daqiqalarda esa qarshi hujumda Rashidov ajoyib zarba bilan darvozabonni ikkinchi marotaba dog‘da qoldirgandi. Bu o‘yinning yana bir muhim jihati shundaki, Osiyo futboliga Rashidovni mana shu bahs tanitgan edi.

O‘zbekiston - Kuvayt - 3:2

Mana buni xaqiqiy Gollivud ssenariysi desak bo‘ladi. Yaqin o‘tmishning 2005 yilida bo‘lgan edi bu hodisa. 2006 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Mundial saralashining oxirgi tur uchrashuvi edi. Raqiblarimizda 4 ochko, bizda esa 2 ochko bor edi. Tezkor 2 ta gol urgan Kuvayt termasini yigitlarimiz ajoyib tarzda mag‘lubiyatga uchratgandi. Avvaliga Jeparov, keyin Shaskix, oxirida har doimgidek «sehrli tayoqcha» — Soliyev! Tarkibimiz ham o‘sha paytlari kuchli edi: Qosimov, Geynrix, Shaskix... Afsus, o‘sha paytlari bizda yaxshi murabbiy bo‘lmagan. Aks holda o‘sha tarkibimiz keyinchalik pley-off o‘yinlaridan bemalol o‘tgan bo‘larmidi?! Bahrayn bilan o‘yinlardagi mojarolar, FIFAning allambalo qarorlari... Bunisi endi boshqa tarix.

Eron - O‘zbekiston - 0:1

Afsuski, oxirida hech qanday foyda keltirmagan mashhur g‘alabamiz tarixda qoldi. «Ozodiy» stadionida, daxshatli atmosferada qozonilgan g‘alabaning qadrini ham bir muncha oshiradi desak, adashmagan bo‘lamiz. Ulug‘bek Baqoyevning g‘alaba keltirgan golidan so‘ng bizda JCHga chiqish uchun juda qulay imkoniyat bor edi. Ammo, bu imkoniyatlarni keyinchalik ko‘klarga sovurdik. Lekin «Ozodiy» stadionidagi g‘alabamiz futbolimiz tarixidagi eng katta g‘alabalardan biri bo‘lib qolaveradi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:47, 31.12.2018.
O'qildi: 7045 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.