Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Pro-liga to‘purari qayerda? Nimalar bilan band?

Pro-liga to‘purari qayerda? Nimalar bilan band?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, Pro-liga g‘olibi “Andijon” kuni kecha yil yakuniga atab tadbir o‘tkazdi. Tadbir a’lo darajada o‘tdi. Unda murabbiylar, futbolchilar, OAV vakillari va jamoaning ashaddiy va faxriy muxlislari ham qatnashishdi. Meni tadbirda Pro-liga to‘purari, “Andijon” jamoasining o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi “goleadori” Shahboz Jumaboyevning qatnashmagani ajablantirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi nafaqat tadbirda balki jamoaning so‘nggi yig‘inida ham ishtirok etmagan ekan.

Shahboz qayerda? Nimalar bilan band?

Mazkur savollarga javob olish maqsadida fan klub raisi Nodir aka bilan bog‘landik.

Uning aytishicha, futbolchi qo‘li og‘riyotganini bahona qilib, jamoaning so‘ngi yig‘inida ishtirok etmagan.

Ammo Shahboz qo‘li og‘risa-da, “Balon Bozor” nomli mini futbol klubida o‘ynab yuribdi.

“Nima uchun u yig‘inga kelmaydi? Kim bo‘libdi u? U qo‘li og‘riganini bahona qilib yig‘inga kelmabdi. Biroq u mini futbolda o‘ynab yuripti-ku?! Bu futbol, bu jamoaviy o‘yin. Bu kurash yoki boks emas.To‘g‘ri, u to‘purar bo‘ldi- nima endi yulduzmi? Bunda jamoadoshlarining ham hissasi katta, ba’zi vaziyatlarda unga pas berishgan, ba’zida esa penalti ishlab berishgan. Hatto, kuni kecha bo‘lib o‘tgan tadbirda ham ko‘rinmadi. U “meni taklif qilishmadi”- debdi. Yo‘q, yolg‘on uni taklif qilishgan, faqat kelmagan. Muxlislar undan xafa. Mayli mini futbolda o‘ynasin, biroq yig‘inga nimaga kelmaydi?! Undan kattalari ham kelyapti-ku, u kim bo‘libdi. Agar o‘ynashni xohlamasa ketsin. Usiz ham futbol davom etadi”, - deydi fan klub raisi.

Quyidagi rasmlarda uni "Balon Bozor" jamoasi libosida mini futbolda harakatlanayotganini ko‘rishingiz mumkin:

Ta’kidlab o‘tamiz, Shahboz o‘tgan mavsum Pro-liga to‘purari bo‘lganligi uchun Andijon viloyati hokimi tomonidan “SOBALT”avtomashinasi bilan taqdirlangan edi.

Endi bir savol tug‘iladi. Futbolchining jamoa bilan 2020 yilgacha shartnomasi bor. U mini futbolda ham o‘ynashga haqqi bormi? Agar u mini futbolda jarohat olib, PFLga “Andijon”da jarohat oldim, davolanish pulini olib bering”- deya murojaat bilan chiqsa “Andijon” futbol klubi jabrlanmaydimi?

Mazkur ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida futbolchining o‘zi bilan ham bog‘landik. Tez orada saytimiz orqali uning fikrlarini ham o‘qishingiz mumkin.   

Jaloliddin

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:50, 01.01.2019.
O'qildi: 8757 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.