Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Brayton 0-4 Manchester Siti
26/04 16:00 Tailand 3-3 Tojikiston
26/04 19:00 O‘zbekiston 2-0 Saudiya Arabistoni
26/04 19:00 O‘zbekiston 3-3 Eron
26/04 22:30 Iroq 1-0 Vyetnam
26/04 23:45 Frozinone 3-0 Salernitana
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem 2-2 Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas - Jirona
27/04 18:00 Lechche - Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted - Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton - Luton
27/04 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl - Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya - Xetafe
27/04 21:00 Yuventus - Milan
27/04 21:30 Everton - Brentford
27/04 21:30 Alaves - Selta
27/04 23:45 Lasio - Verona
28/04 00:00 Aston Villa - Chelsi
28/04 00:00 PSJ - Gavr
28/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston - O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 16:00 Tailand - Eron
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya

OFK vakillari Dubayda O‘zbekiston MTJ bilan yig‘ilish o‘tkazdi

OFK vakillari Dubayda O‘zbekiston MTJ bilan yig‘ilish o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari ayni paytda Dubay shahrida Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Bugun OFK vakillari terma jamoamiz a’zolari joylashgan mehmonxonaga tashrif buyurib, yig‘ilish o‘tkazishdi. Yig‘ilishda OFKning Dubay shahridagi "Rashid stadium" o‘yingohis bo‘yicha bosh koordinatori Suminori Goko, Musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha menejer Hovand Mas’ud, Lorenso Fofi, Marketing bo‘yicha menejer Kyu Syao, Media departament vakili Laura Rodriges Rey, A’lobaydi Ziyod Muhammad hamda o‘zbekistonlik FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullayev qatnashishdi.

Dastlab, Suminori Goko O‘zbekiston terma jamoasini musobaqada ko‘rishdan mamnun ekanini bildirib o‘tar ekan, vakillarimizga Osiyo Kubogida omad yor bo‘lishini tiladi. Shundan so‘ng musobaqa davomida terma jamoasi a’zolari qatnashishi kerak bo‘lgan barcha rasmiy tadbirlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Shundan so‘ng FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullayev Osiyo Kubogi musobaqasi davomida futbolchilar ahamiyat qaratishi kerak bo‘lgan qonun-qoidalarga to‘xtalib o‘tdi. Futbol o‘yini qoidalariga kiritilgan ba’zi o‘zgarishlar haqida murabbiy va futbolchilarni xabardor qildi.

Jumladan, Farhod Abdullayevning xabar berishicha Osiyo Kubogi chorak finaliga qadar uchrashuvlarda maydon ortidagi hakamlar xizmatidan foydalaniladi. Chorak finaldan boshlab esa ular o‘rniga VAR tizimi ishlaydi.

Bundan tashqari, Osiyo Kubogidan o‘rin olgan uchrashuvlarda simulyasiya ishlatib o‘yin vaqtini cho‘zgan va raqibini qo‘li bilan ushlab, tortib qolgan futbolchining xatti-harakatlari uchun  terma jamoa 1000 AQSH dollari miqdorida jarima to‘laydi. Havodagi to‘p uchun kurashda qo‘llarini ishga solib, hakamga bildirmasdan raqib yuziga zarba yo‘llashga uringan futbolchilarning harakatlari ham qat’iy tarzda jazolanishi bo‘yicha hakamlarga topshiriq berilgani ma’lum bo‘ldi.

Farhod Abdullayev qisqa videoroliklar yordamida murabbiy va futbolchilarga o‘yindagi vaziyatlarni namoyish qilib, hakam tomonidan jazolanmaslik uchun nimalarga ahamiyat qaratish kerakligi haqida tushuncha berib o‘tdi.

Yig‘ilish yakuniga yetgandan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari ishtirokida foto va videosessiya uyushtirildi. Uchrashuvlardan avval maydondagi tablolarda tarkib tanishtirilayotganda namoyish etiladigan videolavhalar va gol kiritilgan vaziyatlarda qo‘yiladigan roliklar uchun suratga olish ishlari tashkil etildi.

Bundan tashqari, milliy terma jamoa menejerlari va delegasiya rasmiylari uchun yana alohida miting bo‘lib o‘tdi. Ushbu mitingda O‘FA Terma jamoalar departamenti direktori Sharofiddin Hojiniyozov, Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Diyor Isametdinov, Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Olim Arifov, O‘FA Matbuot xizmati boshlig‘i Yoqubjon Bobojonov, terma jamoa ma’murlari Sarvar Tojiyev va Shukrullo Ashurovlar qatnashishdi.

Ushbu miting davomida terma jamoa a’zolarining mashg‘ulot o‘tkazish, o‘yinga kelish va ketish tartibi, o‘yindan avvalgi va keyingi matbuot anjumanlari, flesh-intervyular va boshqa rasmiy tadbirlar bo‘yicha muhim ma’lumotlar berib o‘tildi. Milliy terma jamoa futbolchilari va rasmiylari uchun OFK tomonidan tayyorlangan akkreditasiyalar taqdim qilindi.

Shifokorlar uchun tashkil etilgan mitingda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh shifokori Abror Pirriyev hamda shifokor va massajchi xodimlar qatnashishdi. Ularga ham o‘yin davomida amal qilish zarur bo‘lgan qonun-qoidalar bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Manba: UFA
Kiritildi: 01:44, 04.01.2019.
O'qildi: 4428 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.