Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

«Andijon» yangi futbolchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

«Andijon» yangi futbolchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bo‘lajak mavsumga har qachongidanda yuqori kayfiyatda tayyorgarlik ko‘rayotgan “Andijon” jamoasi ayni damda yig‘inni o‘z qarorgohida olib bormoqda.

Mashg‘ulotlar Viktor Jalilov boshchiligida o‘tkazilmoqda. Rejaga ko‘ra, bugun futbolchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. E’tiborlisi ularning orasida yangilar ham bor. Xususan, so‘nggi ikki yilni Malayziya chempionatida o‘tkazib qaytgan Bobur Akbarov yana jamoaga taklif etildi. Tajribali himoyachi klub rahbariyati bilan o‘tkazgan muzokaradan so‘ng joriy mavsumni “Andijon”da boshlashi  aniq bo‘ldi.

Shuningdek so‘nggi yillarni “Neftchi”da o‘tkazib kelgan qanot yarim himoyachisi Abdurahmon Abdulhaqov hamda “Mash’al” bilan xayrlashishga qaror qilgan yarim himoyachi Abdulloh Olimov “Andijon” jamoasi bilan kelishuvga erishdi. Ushbu futbolchilar PFL talabiga binoan bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tarkibni kuchaytirish maqsadida hozirda yana bir qator futbolchilar bilan muzokara o‘tkazilmoqda. Yangi futbolchilar katta extimol bilan jamoaning Toshkentda boshlanadigan yig‘iniga kelib qo‘shiladi. Ma’lumot uchun “burgutlar”ning o‘quv-yig‘ini  8 yanvardan poytaxtga ko‘chadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:57, 05.01.2019.
O'qildi: 3567 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик