Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Ektor Kuper: «Osiyo Kubogiga tayyormiz»

Ektor Kuper: «Osiyo Kubogiga tayyormiz»

Baho:
+ | -

Bugun Sharja shahrida O‘zbekiston - Ummon uchrashuvidan oldin matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper va jamoa sardori Odil Ahmedov qatnashishdi.

Dastlab, Ektor Kuper ertangi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz Osiyo Kubogiga tayyormiz. Nafaqat ertangi o‘yinga, balki butun musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Biz ijobiy natijaga erishish uchun astoydil harakat qilamiz. Har ikki jamoa g‘alaba uchun maydonga tushishi aniq. Ummon ham anoyi jamoa emas. Maydonda borimizni berib to‘p suramiz. Barchasi maydonda hal bo‘ladi.

Futbolda natijani oldindan aytish qiyin. Shunisi bilan bu sport turi qiziq. Musobaqaga tayyorgarlik davomida biz dekabr oyida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmadik. Ammo bu meni tashvishga solmayapti. Biz yetarlicha tayyorgarlik ko‘rdik. Jarohatlar oldini olish maqsadida ham o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazmadik.

Terma jamoani qabul qilib olganimga ko‘p bo‘lmadi. Ammo o‘tgan vaqt davomida maksimal tarzda jamoani shakllantirishga harakat qildik. Endi o‘zimizni ko‘rsatishimiz kerak. Osiyo Kubogi buning uchun yaxshi imkoniyat"

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:18, 08.01.2019.
O'qildi: 7529 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик