«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh 2018 yil yakunlari bo‘yicha Afrika qit’asining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Afrika futbol konfederasiyasi xabar tarqatdi.
26 yoshli misrlik futbolchi ketma-ket ikkinchi marta ushbu sovrinni qabul qilib oldi. Sovrinni yutish uchun kuchli uchlikka, shuningdek, "Liverpul" hujumchisi Sadyo Mane va «Arsenal»ning gabonlik forvardi Pyer-Emerik Obameyang kirishgandi.
Avvalroq Saloh BBC versiyasiga ko‘ra Afrikaning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.