Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya 2-1 Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston 1-6 Argentina
30/09 21:00 As-Sadd 2-0 Istiqlol
30/09 21:00 Persepolis 1-1 Paxtakor
30/09 21:00 Al-Vasl 0-2 Al-Ahli (SA)
30/09 23:00 An-Nasr (SA) 2-1 Ar-Rayyan
30/09 23:45 Parma 2-3 Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton

«Yangi alba» yoki Aleks Grimaldo tarixi

«Yangi alba» yoki Aleks Grimaldo tarixi

Baho:
+ | -

1995 yilning 20 sentyabr kuni Ispaniyaning Valensiya shahrida dunyoga kelgan Aleksandro Grimaldo Garsiya (to‘liq ism-sharifi) yoshligidan kamdan-kam insonlarda uchraydigan o‘zgacha iqtidori bilan ko‘zga tashlandi.

Ayni shu iste’dodi tufayli avvaliga «Valensiya» klubi tizimida shug‘ullandi, 13 yoshga to‘lganida esa, Kataloniyaning mashhur maktabi - La Masiyada paydo bo‘ldi.

2011 yil 4 sentyabr. Grimaldo shu kuni «Kartaxana»ga qarshi kechgan o‘yinda «Barselona-V» jamoasida debyut qildi. U o‘sha vaqt 15 yoshu 349 kunlik edi. Xullas, Aleks Segunda tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo‘ldi.  Iqtidorli yigitcha keyingi yili «Barsa» o‘rinbosarlar jamoasida bosh rollardan biriga ko‘tarildi, ammo hammasi yaxshi kechayotgan bir pallada tizzasi jiddiy jarohatlandi. Og‘riq kuchli bo‘lsa-da, Grimaldo chekinmadi va qisqa muddatda tiklanib, yana asosiy tarkibga qaytdi. Taqdir esa Aleksning harakatlarini munosib baholab, uni mukofot bilan siyladi: Luis Enrike mavsum-2014|2015 arafasida yigitchani asosiy jamoa yig‘inlariga chorladi. Shuning ta’siridami, Grimaldo navbatdagi mavsumni «Barselona-V» sardori sifatida boshladi. Biroq asosiy jamoada dunyoning eng kuchli chap himoyachilaridan biri - Jordi Alba bor edi va Aleks istiqbolni o‘ylab, «Benfika» taklifini qabul qilishdan o‘zga chora topolmadi. Axir bejiz aytishmagan: «Bir tog‘ ikki yo‘lbarsga torlik qiladi». Xullas, «Benfika» muzokara jarayoni yakunida Grimaldo uchun 2 mln. yevro to‘lashga rozi bo‘ldi. Endi esa himoyachining transferi 25 mln. yevroga baholanmoqda - chinakam o‘sish.

    Binobarin, Aleks «Benfika» safiga qo‘shilishi hamono bejiz «Yangi Alba» maqomini olmaganini isbotlay boshladi. Umuman, yosh futbolchi bir urinishda «burgutlar» asosiy tarkibidan joy oldi va muhofaza ishlarini tartibga keltirishda muhim rol bajardi. Mana, valensiyalik yigitcha qisqa vaqt ichida «Benfika»ning Portugaliyada 2 marta chempion bo‘lish barobarida turli kuboklar (Portugaliya kubogi, Liga kubogi va mamlakat superkubogi) yutishiga katta hissa qo‘shdi. Gap-so‘zlarga qaraganda, hozirda bir qator nomdor klublar vakillari Grimaldoni jiddiy kuzatmoqdalar. Xususan, «Yuventus», «Bavariya» va «MYU» kabi grand klublar transfer yo‘lida 30-35 «limon» sarflashga tayyor. Aleksning o‘zi esa «Barselona»ga qaytishdan umidvor. Ammo bitta masala bor - Jordi Alba hamon safda...

Aleks hozircha Ispaniya milliy jamoasiga chaqirilgani yo‘q, lekin mamlakatning U-19 toifasidagi termasida Yevro-2012da zafar quchishga ulgurdi. Ayni payt esa U-21 jamoasida o‘ynamoqda va milliy termadan chaqiruv kutmoqda. Axir «Qizil furiya»ni hozirda eski tanishi - Luis Enrike boshqarmoqda. Umuman, Aleks Grimaldo eng iqtidorli qanot himoyachilaridan biridir. Deylik, u butun 90 daqiqa davomida yuqori sur’atda harakatlanishga qodir. Ayrim jihatlarda hattoki, o‘sha Jordi Albadan ham ustunroqdek...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 23:09, 10.01.2019.
O'qildi: 3200 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.