Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

Messi va Ronaldu 2018 yilgi reytinglarda ham peshqadam bo‘lishmagan..?!

Messi va Ronaldu 2018 yilgi reytinglarda ham peshqadam bo‘lishmagan..?!

Baho:
+ | -

2018 yilning eng yaxshi futbolchilarini o‘z ichiga olgan reyting (top-100 shaklida) 69ta mamlakatdan jalb etilgan 225 nafar ekspert tomonidan shakllantirildi. Tushunarliki, hammaning didi turlicha, xususan, futbol masalasida ham. Deylik, kimdir jamoaviy natijalarni ustun qo‘ysa, boshqa kishi avvalo, individual ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratadi. Oramizda shuningdek, chiroyli harakat oldida boshqasini tan olmaydiganlar ham topiladi. Qisqasi, muayyan o‘yinchiga aniq baho berish uchun ideal algoritm yo‘q. Obro‘si ancha baland The Guardian nashri shuni hisobga olib, bu safar kuchlilar reytingini tuzishni naq 225 nafar tahlilchi hukmiga havola etdi. Demak, soccer.ru  sayti ma’lumotlari asosida elit ro‘yxatga birrov nazar solib, diqqatga sazovor jihatlarga ham to‘xtalib o‘tamiz. 91-100-o‘rinlar

100. Xose Mariya Ximenes («Atletiko», Urugvay)

99. Mesut Ozil («Arsenal», Germaniya)

98. Irving Lozano (PSV, Meksika)

97. Olivye Jiru («Chelsi», Fransiya)

96. Aksel Vitsel («Borussiya» D., Belgiya)

95. Nabil Faqir («Lion», Fransiya)

94. Gonsalo Martines («River Pleyt», Argentina)

93. Lukas Torreyra («Arsenal», Urugvay)

92. Frenki de Yong («Ayaks», Gollandiya)

91. Villian («Chelsi», Braziliya)

Mesut Ozil o‘z mahoratini garchi kutilgan darajada namoyish etolmagan bo‘lsada, uni ro‘yxatga qo‘shishdi. Shuningdek, Olivye Jiru va Villian nomzodi ham biroz g‘alati. Misol uchun, «Chelsi»ning braziliyalik vakili ayniqsa, kuzda yorqin o‘ynagan Frenki de Yong, Lukas Torreyra va Aksel Vitsel kabi ijrochilardan oldinda turibdi. 

81-90-o‘rinlar

90. Gonsalo Iguain («Milan», Argentina)

89. Matiys de Ligt («Ayaks», Gollandiya)

88. Diyego Kosta («Atletiko», Ispaniya)

87. Denis Cherishev («Valensiya», Rossiya)

86. Jon Stounz («Manchester Siti», Angliya)

85. Ante Rebich («Ayntraxt», Xorvatiya)

84. Memfis Depay («Lion», Gollandiya)

83. Jerar Pike («Barselona», Ispaniya)

82. Jeyms Milner («Liverpul», Angliya)

81. Gabriel Jezus («Manchester Siti», Braziliya)

Denis Cherishev - Rossiya futbolining reytingdagi yagona vakili. E’tiborlisi, 5 nafar ekspert uni top-40ga munosib ko‘rdi. Golden Boy sovrinining amaldagi sohibi Matiys de Ligt ham shu 10talikda. Umuman, ancha g‘alati qism. Qarang, xizmat ko‘rsatgan faxriy Jeyms Milner 2018 yili ishonchni uncha oqlamagan Gabriel Jezusdan orqada... 

71-80-o‘rinlar

80. Kayl Uoker («Manchester Siti», Angliya)

79. Garri Maguayr («Lester», Angliya)

78. Son Xyun Min («Tottenxem», Janubiy Koreya)

77. Markos Alonso («Chelsi», Ispaniya)

76. Leonardo Bonuchchi («Yuventus», Italiya)

75. Toma Menye («PSJ», Belgiya)

74. Tyago Silva («PSJ», Braziliya)

73. Chiro Immobile («Lasio», Italiya)

72. Kiran Trippyer («Tottenxem», Angliya)

71. Benjamen Pavar («Shtutgart», Fransiya)

Benjamen Pavar, Chiro Immobile, Toma MenYE, Markos Alonso va Son Xyun Min nega elit ro‘yxatga kirishgani tushunarli. Kiran Trippyer va Garri Maguayr esa JCH-2018da ko‘zga tashlanishdi. Biroq Tyago Silva yoki Leonardo Bonuchchi yakunlangan yilni o‘z hisoblariga yozib qo‘yolmaydilar, baribir. Kayl Uoker haqida ham gapirish qiyin - bahsli tanlov.

 

61-70-o‘rinlar

70. Xames Rodriges («Bavariya», Kolumbiya)

69. Lyuka Ernandes («Atletiko», Fransiya)

68. Bernardu Silva («Manchester Siti», Portugaliya)

67. Joshua Kimmix («Bavariya», Germaniya)

66. Keylor Navas («Real», Kosta-Rika)

65. Jordan Pikford («Everton», Angliya)

64. Jordi Alba («Barselona», Ispaniya)

63. Fernandinyo («Manchester Siti», Braziliya)

62. Marko Asensio («Real», Ispaniya)

61. Saul Niges («Atletiko», Ispaniya)

Bir qarashda, hamma o‘z joyidadek. Ammo Marko Asensio nimaning hisobiga Jordi Alba, Fernandinyo, Joshua Kimmix va jahon chempioni Lyuka Ernandesdan tepada? Qolaversa, Benjamen PavarChiro Immobile va Memfis Depayning «Real»da o‘rtacha taassurot qoldirgan hujumchidan ancha orqada qolishgani tushunarsiz.

 

51-60-o‘rinlar

60. Janluiji Buffon («PSJ», Italiya)

59. Ederson («Manchester Siti», Braziliya)

58. Lorenso Insinye («Napoli», Italiya)

57. Leroy Sane («Manchester Siti», Germaniya)

56. Kalidu Kulibali («Napoli», Senegal)

55. Pyer-Emerik Obameyang («Arsenal», Gabon)

54. Edin Jeko («Roma», Bosniya va Gersegovina)

53. Blez Matyuidi («Yuventus», Fransiya)

52. Jorjinyo («Chelsi», Italiya)

51. Miralem Pyanich («Yuventus», Bosniya va Gersegovina)

Qiziqarli 10talik - unga tushgan 7 nafar futbolchi o‘tgan yili «A» seriyada o‘ynadi, to‘g‘ri, Janluiji Buffon va Jorjinyo yozda boshqa ligaga yuzlanishdi. JCH-2018dan chetda qolgan Italiya terma jamoasidan 3 nafar vakil borligi ham diqqatga sazovor. Tan olish kerak, Insinye yoki Jorjinyo xuddi Miralem Pyanich, Edin Jeko, Pyer-Emerik Obameyang va Ederson kabi individual tomondan yaxshi ko‘rinishdi. Leroy Sane esa Rossiya mundialida qatnashmagan bo‘lsada, «Manchester Siti»da binoyidek to‘p surdi.

41-50-o‘rinlar

50. Serxio Buskets («Barselona», Ispaniya)

49. Jorjo Kyellini («Yuventus», Italiya)

48. Karim Benzema («Real», Fransiya)

47. Marko Roys («Borussiya» D., Germaniya)

46. Dris Mertens («Napoli», Belgiya)

45. Dele Alli («Tottenxem», Angliya)

44. Mark-Andre ter Shtegen («Barselona», Germaniya)

43. Alisson («Liverpul», Braziliya)

42. Kazemiro («Real», Braziliya)

41. Romelu Lukaku («MYU», Belgiya)

Top-50ni afsona darajasiga chiqishga ulgurishgan Serxio Buskets va Jorjo Kyellini ochib berishdi. Karim Benzema ulardan tepada. Ammo fransiyalik hujumchi Marko Roys, Dris Mertens va Dele Alli, shuningdek, ikki nafar ajoyib kiper - Mark-Andre ter Shtegen hamda Alissondan ortda. G‘alati tomonlari ham bor - Kazemiro kutilganidan ancha yuqorida, yana Romelu Lukaku ham. Ha, belgiyalik hujumchi JCH-2018da chakki o‘ynamadi, biroq «MYU»da «og‘ir» qadam bosgani ham haqiqat.

 

31-40-o‘rinlar

40. Ugo Lyoris («Tottenxem», Fransiya)

39. David de Xea («MYU», Ispaniya)

38. Garet Beyl («Real», Uels)

37. Tibo Kurtua («Real», Belgiya)

36. Kristian Eriksen («Tottenxem», Daniya)

35. Samuel Yumtiti («Barselona», Fransiya)

34. Diyego Godin («Atletiko», Urugvay)

33. Mario Manjukich («Yuventus», Xorvatiya)

32. Mauro Ikardi («Inter», Argentina)

31. Rahim Sterling («Manchester Siti», Angliya)

Ugo Lyoris nimaning evaziga ampluadoshlari - Alisson, Mark-Andre ter Shtegen va Edersondan ustun? Fransiyalik kiperning mundialdagi ishonchli ishtiroki salmoqli rol o‘ynagani aniq. Umuman, bu 10talik darvozabonlarga boy: David de Xea, Tibo Kurtua... hujumchilar, himoyachilar va xavbeklar ham bor. Qisqasi, to‘liq «to‘plam». Hattoki, Garet Beyl nomzodi ham ortiqcha savol tug‘dirmasa kerak. Axir u muhim gollarga mualliflik qildi, baribir.

21-30-o‘rinlar

30. Robert Levandovski («Bavariya», Polsha)

29. Ivan Perishich («Inter», Xorvatiya)

28. Isko («Real», Ispaniya)

27. Yan Oblak («Atletiko», Sloveniya)

26. Paulo Dibala («Yuventus», Argentina)

25. Filippe Koutinyo («Barselona», Braziliya)

24. Virjil van Deyk («Liverpul», Gollandiya)

23. Firmino («Liverpul», Braziliya)

22. Toni Kroos («Real», Germaniya)

21. Edinson Kavani («PSJ», Urugvay)

Yana bir «o‘zgacha» 10talik. Deylik, JCH-2018da hech qanday karomat ko‘rsatolmagan Robert Levandovski shunchalik yuqori pog‘onaga munosibmi? Ha, polshalik goleador «Bavariya»da o‘ta samarali o‘ynamoqda, ammo jamoada hamma aynan unga qarab to‘p uzatishini unutmaylik. Iskoga qarang, unga nima bor? Hattoki, Paulo Dibala ham yil davomida barqaror ko‘rinmadi, Filippe Koutinyo 25-o‘ringa tortadimi? Ayniqsa, Toni Kroosning mavqei shubhali. Yan Oblak va Virjil van Deykka esa gap yo‘q.

11-20-o‘rinlar

20. David Silva («Manchester Siti», Ispaniya)

19. Sadio Mane («Liverpul», Senegal)

18. Marselo («Real», Braziliya)

17. Serxio Ramos («Real» Ispaniya)

16. Pol Pogba («MYU», Fransiya)

15. Serxio Aguero («Manchester Siti», Argentina)

14. Luis Suares («Barselona», Urugvay)

13. Ivan Rakitich («Barselona», Xorvatiya)

12. Rafael Varan («Real», Fransiya)

11. Neymar («PSJ», Braziliya)

Sadio Mane nega Firmino yoki Virjil van Deykdan oldinda? Pol Pogba chindan ham, sayyoramizning 16-raqamli futbolchisimi? Serxio Ramos va Serxio Aguero masalasida ham savollar yetarli. Misol uchun, ispaniyalik himoyachi Rossiya mundialida omadsiz qatnashdi, APLda esa Pyer-Emerik Obameyang ham argentinalik hujumchidan kam gol urmayapti. Neymarning top-10dan chetda qolgani ham biroz tushunarsizdek...

1-10-o‘rinlar

10. N~Golo Kante («Chelsi», Fransiya)

9. Garri Keyn («Tottenxem», Angliya)

8. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti», Belgiya)

7. Eden Azar («Chelsi», Belgiya)

6. Antuan Grizmann («Atletiko», Fransiya)

5. Muhammad Saloh («Liverpul», Misr)

4. Kilian Mbappe («PSJ», Fransiya)

3. Lionel Messi («Barselona», Argentina)

2. Krishtianu Ronaldu («Yuventus», Portugaliya)

1. Luka Modrich («Real», Xorvatiya)

Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi tarafdorlarida top-10 tartibiga e’tirozlar kattaligi aniq. Har holda, ular o‘z suyuklilarini Luka Modrichdan ancha ustun ko‘rishadi. Biroq fakt shuki, so‘rovda ishtirok etgan ekspertlardan naq 79 nafari xorvatni 1-o‘ringa qo‘ydi va u umumiy hisobda 8552 ochko to‘plab, portugaliyalik (33ta 1-o‘rin, 8306 ball) hamda argentinalik (48ta 1-o‘rin, 8268 ball) yulduzni ishonchli tarzda ortda qoldirdi. Kuchli 10talikka teran qarab, birgina Garri Keyn o‘rniga salgina e’tiroz bildirish mumkin. Ha, gap JCH-2018ning bosh to‘purari haqida ketyapti, lekin ikkinchi 10talikka qarasak, Neymar mashhurlik bobida ham, o‘yin masalasida ham ingliz futbolchisidan kuchliroqdek...

KIMLAR OVOZ BERISHDI VA QANDAY?

- Kengaytirilgan ro‘yxatda 300 nafardan ko‘p nomzod ko‘rsatilgan bo‘lib, har bir ekspert 40 nafar futbolchini tanladi. 1-o‘ringa qo‘yilgan futbolchiga 40 ball berildi. Qolganlar tartib bo‘yicha 1 balldan kam olishdi. Demakki, 40-o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod hisobiga 1 ochko yozilgan.

- Top-100ga tushgan 96 nafar futbolchi Yevropaning kuchli 5ta chempionati vakilidir. Qolganlar - Irving Lozano  (PSV), Gonsalo Martines («River Pleyt»), Frenki de Yong va Matiys de Ligt («Ayaks»).

- Reytingda 13ta o‘rin fransiyalik futbolchilarga nasib etdi. Ulardan 12 nafari yozda jahon chempioni bo‘ldi, Karim Benzemagina mundialda qatnashmadi.

- Ro‘yxatda braziliyalik va ispaniyalik futbolchilar ham ko‘p - 11 nafardan. Xullas, top-100dagi 35ta joy atigi 3ta mamlakat vakillari hisobiga to‘ldirildi. 

- Ligalarga qarasak, APLning ulushi katta - 37 nafar. O‘z o‘rnida so‘rovga asosan  Yevropadan 
ekspert jalb etilganini ham aytish joiz (140 nafar). 

- «Real»ning naq 12 nafar futbolchisi elit ro‘yxatdan joy oldi (Krishtianu Ronaldu hisobga olinmagan). Qarang, butun bir tarkib...

- Klublarni olsak, 2-o‘rinda 11 nafar vakili bor «Manchester Siti» turibdi. «Barselona» 9 nafar vakilga ega, «Atletiko» va «Yuventus»dan esa 7 nafardan futbolchi tanlandi.  

- Umumiy ochkolar hisobi bo‘yicha 12 nafar futbolchi qolganlarni ancha ortda qoldirdi.

- Julio Sezar, Nunu Gomesh, Ziko, Mario Kempes va Xavyer Zanetti kabi futbol yulduzlari ekspertlar qatoridan joy olishdi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 08:39, 11.01.2019.
O'qildi: 6029 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.