La Liganing 19-turida “Rayo Valyekano” hujumchisi Raul de Tomas “Selta” darvozasiga uchta gol urdi.
23 yoshli futbolchining transfer huquqi aslida “Real”ga tegishli. U hozirda ijara asosida “Rayo Valyekano”da o‘ynamoqda.’
2017/18 mavsumda de Tomas Segundada ham 24 ta gol urib to‘purar bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, Tomas joriy mavsum 16 ta o‘yinda maydonga tushib 8 ta gol urdi.