Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Lisenziyalash talablarini bajargan klub istalgan vaqt yangi futbolchi bilan shartnomani PFL ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin

Lisenziyalash talablarini bajargan klub istalgan vaqt yangi futbolchi bilan shartnomani PFL ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Oldinroq xabar berganimizdek, 17 dekabr sanasidan e’tiboran Superliga klublari yangi futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalarni PFL ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin.

Bu jarayon 2019 yilning 7 mart sanasiga qadar davom etadi. Qayd etish joizki, AGMK va “Paxtakor” jamoalari Osiyo Chempionlar ligasi saralashi doirasida qolganlardan biroz ertaroq mavsumni boshlashadi. Superligada yangi mavsum starti esa 1 mart etib belgilangan.

Ayni paytda jamoalar tarkibini kuchaytirish maqsadida o‘z safiga qo‘shib olishni istagan yangi futbolchilari bilan shartnomalarini PFLda ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin. Lekin avvalo klublar oldiga qo‘yilayotgan talablarni bajarishi lozim bo‘ladi.

Ya’ni, oldindan ma’lumot berilganidek, “O‘FA va O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini lisenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo‘yicha reglament”da ko‘rsatilgan talablar, jumladan o‘z akademiyasiga ega bo‘lish, uy stadioni maydoni yaxshi holatda bo‘lishini ta’minlash hamda futbolchilari oldida qarzdorligi mavjud emasligini ko‘rsatgan klub haftaning istalgan kunida yangi futbolchilari bilan shartnomalarni PFL ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

Futbol klublari shu vaqtga qadar futbolchilar bilan shartnomalar tuzgan va ular ro‘yxatga olingan. Lekin ortda qolib ketayotgan qarzdorliklar masalasi, PFL tomonidan qo‘yilgan talablar jiddiy nazoratda bo‘lmagan. Endilikda esa hammasi o‘z o‘rnida va tartibi bilan bo‘ladi. Klub avval eski qarzdorliklari masalasini hal qiladi, undan keyin talablarni bajarish yuzasidan ish olib boradi.

Shuningdek, 2019 yilgi mavsum uchun lisenziyalash talablarida futbol klublari markazlashgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari belgilab qo‘yilgan. Professional futbol ligasi tibbiy xulosalar asosida futbolchiga o‘z ligalarida o‘ynash huquqini taqdim etadi. Shartnoma tuzishdan avval klub xoh legioner bo‘lsin, xoh mahalliy o‘yinchini markazlashgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishi shart bo‘ladi.

Ta’kidlash joiz, futbolchi va klub o‘rtasida tuzilgan shartnoma bir oy muddat ichida ro‘yxatga qo‘yilmasa, PFL mazkur shartnomani tan olmaydi.

Alohida qayd etish lozimki, Superliga klublari 10 fevralga qadar, Pro liga jamoalari esa 20 fevralgacha lisenziyadan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Lisenziyalash jarayonini muvaffaqiyatli yakunlaydigan jamoa yangi futbolchilar bilan shartnomalarni PFL ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin. Lisenziyalash muddati tugashiga esa oz qolmoqda…

Manba: PFL
Kiritildi: 20:04, 12.01.2019.
O'qildi: 2683 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.