Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese 0-0 Verona
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut

O‘zPFL BeCreative Media kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

O‘zPFL BeCreative Media kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsumni yuqori darajada o‘tkazish, Superliga, Pro liga, ayollar chempionati va futzal bo‘yicha musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish, o‘yin va o‘yin atrofidagi voqea-hodisalarni keng qamrovda yoritilishini ta’minlash borasida qizg‘in tayyorgarlik olib bormoqda.

Jumladan, yangi mavsum oldidan Superliganing barcha klublari futbolchi va murabbiylari ishtirokida markazlashgan holda umumiy foto va videosessiya tashkil etiladi hamda mavsum davomida bir xil andozadagi foto va videoafishalardan foydalaniladi. Bu milliy chempionatimizning o‘z brendi va uning ommalashtirilishi, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda, televideniyada yoritilishi jarayonida o‘zaro hamohanglik kasb etuvchi chizma va ranglar uyg‘unligidan foydalanish imkonini taqdim etadi.

Qolaversa, Superliga uchrashuvlariga ishqibozlar e’tiborini oshirish, uchrashuvlar va ularda ishtirok etuvchi jamoalar haqida ko‘proq ma’lumotlar berib borish maqsadida har tur oldidan videorolik va anonslar taqdim etib borilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Mavsum davomida chempionat uchrashuvlarida o‘zini ko‘rsatayotgan futbolchilar ishtirokida qiziqarli videointervyular, ularning mashg‘ulotlar jarayonidan reportajlar tayyorlanib muxlislar e’tiboriga havola etiladi.

Bu borada O‘zbekiston Professional futbol ligasi BeCreative Media kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. Bugun har ikki tomon vakillari o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolashdi. Ushbu kompaniya vakillari chempionat uchrashuvlari keng qamrovda yoritilishi, televideniya va ijtimoiy tarmoqlarda har tur videoanons va o‘yin atrofidagi qiziqarli voqealarni tezkorlik bilan ishqibozlarga taqdim etishda Professional futbol ligasiga yordam beradi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:04, 14.01.2019.
O'qildi: 3942 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.