Kirish Ro'yxatdan o'tish

Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan sportchilar O‘zbekistonga qaytib keldi

Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan sportchilar O‘zbekistonga qaytib keldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 8-13 yanvar kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazildi va unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari har qachongidanda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Bugun, 15 yanvar kuni Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi raisi Tanzila Narbayeva, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari Sharifjon Mo‘mindjanov, O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi mutasaddilari, yosh velosportchilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa davomida O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari 7 ta medal (1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza) qo‘lga kiritishdi. Ushbu muvaffaqiyat sportchilarimizga Tokio 2020 Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etdi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 15:45, 15.01.2019.
O'qildi: 2284 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.