Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Osiyo Kubogiga hakamlar qanday tanlab olingan va ular o‘yinlarga qanday tayyorlanishadi?

Osiyo Kubogiga hakamlar qanday tanlab olingan va ular o‘yinlarga qanday tayyorlanishadi?

Baho:
+ | -

Osiyo Kubogida bizning milliy terma jamoadan tashqari hakamlarimiz ham faoliyat olib borishmoqda. Shu kunga qadar bir qator mas’uliyatli uchrashuvlarni boshqarishga muvaffaq bo‘lishdi.

Jumladan, bugun bo‘lib o‘tadigan nihoyatda muhim o‘yinlardan biri Eron va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni Ravshan Ermatov boshqarib boradi.

Xo‘sh, Osiyo Kubogi o‘yinlariga hakamlarni qanday tanlab olishgan? Quyida shu haqida ma’lumot berib o‘tishga harakat qilamiz.

Avvalo, Osiyo Kubogi o‘yinlarini boshqarishga nomzod hakamlar nazariy imtihonlardan o‘tkazildi. Keyin esa ular yuqori malakali mutaxassislar nazoratida jismoniy sinovlar topshirishdi. Shundan so‘ng maydonda futbolchilar ishtirokida o‘yinda ro‘y beradigan turli vaziyatlar (jarima maydonchasi ichidaga qoida buzilishlari, taktik follar, o‘yindan tashqari holat va hokazo ) sodir etildi, hakamlar esa bu vaziyatlarda tezkor qaror chiqarishlari talab etildi.

Bu jarayon videoga olinib, mashg‘ulotdan keyin hakamlar namoyish etildi va xato-kamchiliklari tahlil qilindi. Bu jarayonlar davomida muntazam ravishda hakamlarning sog‘lig‘i nazorat qilib turildi. Ular maxsus vitaminlar qabul qilib borishdi. Shuningdek, Osiyo Kubogida qatnashadigan har bir jamoaning o‘yin taktikasi, o‘ziga xos fe’l-atvorga ega futbolchi va murabbiylari o‘rganib chiqilib, ular haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.

Endi esa hakamlarning uchrashuvlarga tayyorgarlik sxemasini e’tiboringizga havola qilamiz

* O‘yinga 4 kun qolganda: Yuqori intensiv jismoniy mashg‘ulot.

* O‘yinga 3 kun qolganda: Futbolchilar ishtirokida maydonda ro‘y beradigan bahsli vaziyatlar bo‘yicha texnik mashg‘ulot+o‘rtacha intensiv jismoniy mashqlar. Ushbu mashq paytida jarima maydonchasi ichida ro‘y beradigan epizodlar va o‘yindan tashqari holatlar 4ta videokamera yordamida yozib olinib, keyin hakamning harakatlari tahlil qilinadi.

* O‘yinga 2 kun qolganda: 15 daqiqalik 2ta taymdan iborat futbol uchrashuvi tashkil qilinib, hakamlar guruhi ushbu o‘yinni boshqaradi + o‘rtacha intensiv jismoniy mashqlar.

* O‘yinga 1 kun qolganda. Uchrashuv bo‘ladigan shaharga yo‘l olish (Agar o‘yin boshqa shaharda o‘tkazilayotgan bo‘lsa). O‘yin bo‘lib o‘tadigan maydonda yengil mashg‘ulotlar.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi-2019 musobaqasida O‘zbekiston nomidan quyidagi hakam va instruktorlar ish olib borishyapti:

Ravshan Ermatov (Referi)

Valentin Kovalenko (Referi)

Ilgiz Tantashev (Referi)

Jahongir Saidov (Referi assistenti)

Abduhamidullo Rasulov (Referi assistenti)

Farhod Abdullayev (Instruktor)

Shuningdek, Osiyo Kubogi-2019 musobaqasida maxsus mehmonlar ham faoliyat yuritishyapti:

Pyerluijdi Kollina (FIFAning Hakamlar qo‘mitasi raisi)

Massimo Buzakka (FIFA Hakamlari direktori)

Devid Ellerey (IFAB Texnik direktori).

Manba: UFA
Kiritildi: 12:06, 16.01.2019.
O'qildi: 2583 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик