Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Asosiy futbolchilarsiz tayyorgarlik ko‘ryapmiz» – Ro‘ziqul Berdiyev

«Asosiy futbolchilarsiz tayyorgarlik ko‘ryapmiz» – Ro‘ziqul Berdiyev

Baho:
+ | -

Bugungi “Nasaf” – “Qizilqum” nazorat uchrashuvi yakuniga yetgach, “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev bilan tayyorgarlik jarayoni, oldindagi rejalar, tarkibni kuchaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida suhbatlashdi.

“Yangi mavsum tayyorgarligini 3 yanvar kuni boshlagan edik, mana bugun ikki haftalik o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarimizni dastlabki qismini, nazorat uchrashuvi bilan yakunladik. Dastlabki bosqichdagi asosiy e’tibor jismoniy tayyorgarlikka qaratildi.

Yangi chempionatga tayyorgarlikning navbatdagi ikkinchi bosqichini 20 yanvar kunidan yana Qarshida davom ettiramiz, bu bosqich 2 fevral kunigacha  davom etadi. Bu bosqichda ham nazorat uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Klubimiz rahbariyati imkon yaratib bersa, uchinchi bosqich tayyorgarligini Turkiyada davom ettirmoqchimiz. Chunki, bizda fevraldagi ob-havo, to‘liq mashg‘ulot o‘tkazishga noqulayroq hisoblanadi.

Ayni paytda biz bilan birga boshqa jamoalarda to‘p tepgan ko‘plab yosh futbolchilar mashg‘ulotlarimizda ishtirok etishayapti, bularni biz ko‘rikdan o‘tkazayapmiz. Imkoniyatlarini chamalab ko‘rayapmiz. Bizni qoniqtirganlarni, safimizda olib qolamiz.

 

Bizning aksariyat asosiy tarkib o‘yinchilarimiz terma jamoalarga jalb etilgan. Tayyorgarligimiz ularsiz davom etayapti. To‘g‘ri, ular ham terma jamoalarimiz mashg‘ulotlarida ishtirok etishayapti. Tarkibimizga qo‘shiladigan yangilarni tezroq jalb etib, asosiy e’tiborimizni jamoaviy o‘yinimizni shakllantirishga qaratishimiz kerak. O‘zingizga ma’lum, futbolchilar bir-birlarini tushunib olib, jamoaviy o‘yinga moslashishi, ma’lum vaqtni talab qiladi. Qolaversa, yangi chempionatning boshlanishi ham tobora yaqinlashib kelayapti.

Endi tarkibdagi o‘zgarishlar haqida to‘xtalsam. Hozircha, jamoamizni rasman Maqsud Karimov va Saydullo Rahmatovlar tark etishdi. Sanjar Quvvatovni “Paxtakor” bilan o‘zaro kelishuvga erishganligi haqida gaplar tarqaldi. Ammo buni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tasdiqlay olmayman. Chunki, futbolchimiz anchadan buyon milliy terma jamoamiz bilan birga bo‘lganligi sabab, o‘zaro gaplashganimiz yo‘q.  

Jamoamizning avvalgi yillardagi mavqiyeni tiklashimiz uchun, imkoniyat darajasida tarkibimizni kuchaytirishimiz talab etiladi. To‘g‘ri, o‘tgan chempionatning ikkinchi yarmidan boshlab, biz ko‘plab yosh o‘yinchilarimiz xizmatidan foydalanishga majbur bo‘ldik. Bu esa ularni katta futbolda tajriba to‘plashiga sabab bo‘ldi. Endi biz bu futbolchilarimizni jamoamizda saqlab qolishimiz kerak.

Biz ko‘plab tajribali o‘yinchilarni yo‘qotdik. Agar biz yana yetakchi o‘yinchilarimizni boshqalarga berib yuboraversak, ularni o‘rnini qanday to‘ldiramiz? “Nasaf”dek klubni siyosati yoki nufuzi nima bo‘ladi?

Jamoamizga legioner futbolchilar ham kerak. Ammo bizni o‘rtamiyona legioner futbolchilar umuman qoniqtirmaydi. Bu darajadagi legioner futbolchini olib, o‘zimizni intiluvchan yoshlarimizni yo‘lini to‘sib qo‘yish ham to‘g‘ri emas. Gevorkyan, Cheran yoki Golbandek legionerlar bo‘lsagina, jamoamiz o‘yinlarini yanada kuchaytira olishi mumkin” deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 00:00, 17.01.2019.
O'qildi: 3656 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.