Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Ignatiy Nesterov: «Avstraliyaga qarshi o‘yinda maydonda haqiqiy jang bo‘ladi»

Ignatiy Nesterov: «Avstraliyaga qarshi o‘yinda maydonda haqiqiy jang bo‘ladi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Avstraliyaga qarshi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Tarkibdagi barcha futbolchilarning kayfiyati a’lo darajada. Bu o‘yin har ikki jamoa uchun ham birdek muhim. Pley-offda yutqazgan jamoa musobaqani tark etadi. Raqibimiz kuchli jamoa, ammo biz g‘alaba uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

Qatar-2011da Avstraliyadan uchralgan mag‘lubiyatni men allaqachon esdan chiqarib bo‘lganman. Bu yoqimsiz xotira, futbolda xotiralar bilan yashamasdan, oldinga qarab intilish zarur. Bu safargi o‘yin biz uchun ijobiy natija bilan yakuniga yetishiga umid bildiryapman. Maqsadimiz ko‘p gol kiritish emas, har qanday hisobda bo‘lsa ham g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l olish. Yaponiyaga qarshi o‘yin videoyozuvini birgalikda tomosha qildik, xatolarimizni ko‘rib chiqdik.

Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, Yaponiyaga qarshi o‘yin biz uchun juda muhim bo‘ldi. Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan xato va kamchiliklarimizni ko‘rib oldik. Endi mana shu xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Sizni ishontirib aytishim mumkinki, Avstraliyaga qarshi o‘yinda maydonda haqiqiy jang ko‘rasiz", - deydi Nesterov.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 21:35, 19.01.2019.
O'qildi: 5976 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик