Bugun APLning birdaniga ikkita uchrashuvi 4:3 hisobida tugadi.
“Liverpul” “Kristal Pelas”ni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, “Vulverxempton” – “Lester” uchrashuvida ham shu hisob qayd etildi.
Bunday hisob bundan roppa-rosa 15 yil avval 2004 yilning 7-fevral kuni kuzatilgan edi. O‘shanda “MYU” “Everton”ni mag‘lubiyatga uchratgan va bir vaqtda “Tottenxem” – “Portsmut” o‘yinida ham shunday hisobda tugagan.