Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

O‘zbekiston sambo assosiasiyasiga yangi rais saylandi

O‘zbekiston sambo assosiasiyasiga yangi rais saylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 2018 yilda sambo ilk marotaba Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin oldi. Unda qit’amiz sambochilari to‘rtta vazn toifasida medallar uchun kurash olib bordilar. Bahslarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik sambochilar to‘rtta vazn toifasida to‘rtta medalga sazovor bo‘lishdi. Shuningdek, mazkur sport turi Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olishga yaqin turibdi. Bu esa sambo ham mamlakatimizda ahamiyatli sport turlaridan biriga aylanib borayotganidan darak berib turibdi.

21 yanvar kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston sambo assosiasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi tashkil etildi. Unda Osiyo sambo ittifoqi prezidenti Alamjon Mullayev, O‘zbekiston sambo assosiasiyasi mutasaddilari, assosiasiyaning viloyat bo‘limi vakillari va murabbiylar ishtirok etishdi.

Konferensiya davomida assosiasiya raisi Ravshan Ahmedjanov so‘zga chiqib, bungacha amalga oshirilgan ishlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar, kamchiliklar haqida gapirdi. Ammo, bu bilan to‘xtab qolmaslik, bundanda katta marralarni zabt etish lozimligini ta’kidladi. Buning uchun assosiasiya moddiy-texnik bazasini yaratish, sportchilarni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratish kerakligini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng kun tartibiga ko‘ra, assosiasiya raisi lavozimiga Alisher Alimov nomzodi ilgari surildi. Yig‘ilish ishtirokchilari bir ovozdan A.Alimov nomzodini qo‘llab-quvvatlashdi.

O‘zbekiston sambo assosiasiyasiga rais etib saylangan Alisher Alimov so‘zga chiqar ekan, O‘zbekistonda samboni yanada rivojlantirish, mamlakatimizda nufuzli musobaqalarni tashkil etish yo‘lida hamjihatlikda ish olib borish lozimligi, rejalari haqida gapirdi. O‘z navbatida, bildirilgan ishonch uchun barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Alimov Alisher Rixsibayevich 1979 yilning 25 aprelida tavallud topgan. Tadbirkor. Oilali. 4 nafar farzandi bor. Toshkent davlat texnika universitetida bakalavr, Bornmut xalqaro maktabida magistr bosqichida tahsil olgan.

Shuningdek, bungacha assosiasiya raisi sifatida faoliyat olib borgan Ravshan Axmedjanov o‘z ishini bosh kotib lavozimida davom ettiradigan bo‘ldi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:12, 22.01.2019.
O'qildi: 2287 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.