Shuningdek, Superligada qatnashayotgan klublar murabbiylari ham Siz bilan yaqin hamkorlikda ish olib borishadi. Vaqt yo‘qotmaslik uchun hozirda Olimpiya terma jamoasi bilan tajribali mutaxassisimiz Ravshan Haydarov ish olib bormoqda. Terma jamoa ayni paytda Antaliyada tayyorgarlik ishlarini olib boryapti. Haydarov ham Sizning shtabingizdan joy olib, hamkorlikda ishlaydi. O‘ylaymanki, bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilsak, albatta o‘z maqsadimizga yetamiz. O‘zbekistonga xush kelibsiz!" - dedi MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov serbiyalik mutaxassis bilan muloqot chog‘ida.
"O‘zbekistonda ish boshlayotganimdan juda xursandman. Biz birgalikda oldimizga qo‘yilgan vazifani uddalaymiz. Buning uchun yetarlicha tajribaga egamiz, deb o‘ylayman. Yuqorida to‘g‘ri ta’kidladingiz, agar bir oila bo‘lib ishlaydigan bo‘lsak, albatta Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz. Bunga ishonchim komil", - deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi Lyubinko Drulovich.
Ma’lumot uchun:
Lyubinko Drulovich
Fuqaroligi: Serbiya
Tug‘ilgan sanasi: 11 Sentyabr 1968 (50 yosh)
Murabbiylik darajasi: UYEFA "PRO" diplomi egasi (2007 yil)
Eng katta yutug‘i: Serbiya U-19 terma jamoasi bilan Yevropa chempionatida g‘oliblikka erishgan
Murabbiy sifatida erishgan yutuqlari:
1. Angola Superkubogi G‘olibi – "Agosto" FK 2010-2011
2. Yevropa U-19 Chempionati g‘olibi – Serbiya 2013
3. "Partizan" FK bilan Yevropa ligasi ishtirokchisi - 2015-2016
4. BAA U-19 bilan final qismiga yo‘l olgan - 2017 yil
Shaxsiy yutuqlari:
Serbiyada yilning eng yaxshi murabbiyi – 2013 yil 












