Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Yengil atletika. Dusanova revansh oldi, shaxsiy rekordlar va O‘zbekiston Ochiq kubogining boshqa natijalari

Yengil atletika. Dusanova revansh oldi, shaxsiy rekordlar va O‘zbekiston Ochiq kubogining boshqa natijalari

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

23-25 yanvar kunlari Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati manejida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston Ochiq kubogi, shuningdek, 2000-2001 yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Bahslarda nafaqat o‘zbekistonlik, balki Tojikistondan tashrif buyurgan sportchilar ham ishtirok etishdi.

Erkaklar o‘rtasida 60 metrga to‘siqlar osha yugurish bahslarida Ergash Normurodov 8.10 soniya natija bilan g‘alaba qozondi va Sport ustasi me’yorini bajardi.

Balandlikka sakrash bo‘yicha ayollar o‘rtasida g‘oliblik uchun kurash Nadiya Dusanova va Safina Sadullayeva o‘rtasida kechdi. Yodingizda bo‘lsa, bir hafta oldin Ust-Kamenogorsk shahrida Olimpiada chempioni Olga Ripakova sovrini uchun o‘tkazilgan turnirda Sadullayeva 192 sm natija bilan oltin medalga sazovor bo‘lgandi. Bu safar esa Nadiya o‘ziga xos revansh oldi va musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Sportchilar 184 sm balandlikni zabt etishdi.

Ayollar o‘rtasida 400 metrga yugurish bahslarida Tojikiston rekordchisi Kristina Pronjenko 57.39 soniya natija bilan g‘olib bo‘ldi.

200 metrga yugurish bellashuvlarida esa Komila Mirsoliyeva o‘zining shaxsiy rekordini yangiladi (25.92 soniya) va g‘alaba qozondi.

Erkaklar o‘rtasida uzunlikka sakrash bo‘yicha Javohir Noriyev (7.15 m) g‘olib bo‘ldi. Uchxatlab sakrashda esa Islam Sibagatullin (15.36 m) ga teng keladigan raqib topilmadi.

Beshkurash yo‘nalishida ilk marotaba ishtirok etgan Anna Shimanis 3208 ochko bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasida 60 metrga to‘siqlar osha yugurish bahslarida 8.65 soniya natija ko‘rsatgan Valentina Kibalnikova barcha raqiblarini ortda qoldirdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 10:46, 26.01.2019.
O'qildi: 2431 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.