«Monako»da yana bosh murabbiy o‘zgardi. Knyazlik klubi Anrini iste’foga chiqarib, avvalgi bosh murabbiy Leonardu Jardim bilan shartnoma imzoladi. Ushbu shartnomaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis 2021 yilning yoziga qadar jamoani boshqaradi.
Eslatib o‘tamiz, "Monako" rahbariyati bundan 3 oy avval salbiy natijalar tufayli Jardimni iste’foga chiqarib, uning o‘rniga Tyerri Anrini olib kelgandi.