«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Milanning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastonini transfer qilish g‘oyasini ma’qullamadi.
Yaqinda ma’lum bo‘lishicha, bir necha hafta oldin erishilgan taxminiy kelishuvga qaramay, «ko‘k-anorranglilar» italiyalik futbolchini sotib olish fikridan uzil-kesil voz kechishgan.
Jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, «Barsa» ustozi sport direktori Dekuga transfer bozoridan «boshqacha fazilatlarga ega himoyachi» topishni topshirgan. Nemis mutaxassisi Bastoni uning taktik tizimiga mos kelmaydi degan qarorga keldi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Kataloniya klubi «Inter» 27 yoshli futbolchi uchun so‘ragan mablag‘ni to‘lashni ham istamagan.













