Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Osiyo kubogi-2019. Yaponiya Eronni to‘xtatdi va finalga chiqdi

Osiyo kubogi-2019. Yaponiya Eronni to‘xtatdi va finalga chiqdi

Baho:
+ | -1

Osiyo kubogida dastlabki finalchining nomi aniq bo‘ldi. Yaponiya terma jamoasi, kutilmaganda, Eronni yirik hisobda mag‘lub etdi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 56-daqiqasida fors himoyachilarining xatosidan so‘ng "samuraylar" hisobni ochishdi: Minamino chap qanotdan yetkazib burgan uzatmani Osako bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Keyrush shogirdlari hali o‘ziga kelib olishmasidan avval avstraliyalik hakam Kris Bit Eron darvozasi tomon penalti belgiladi. VAR tizimi yordamida u o‘zining qarori to‘g‘ri ekaniga ishonch hosil qildi. Yana o‘sha Osako bu safar 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirdi.

Forslar katta kuch bilan oldinga tashlanishdi. Ammo Yaponiya raqibga xavfli vaziyat yaratish uchun hech qanday imkoniyat bermadi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Genki Xaraguchi eronliklar darvozasiga uchinchi golni urib, o‘yinga batamom nuqta qo‘ydi.

Yaponiyaning finaldagi raqibi ertaga bo‘lib o‘tadigan BAA - Qatar uchrashuvidan keyin aniq bo‘ladi.

Osiyo kubogi, yarim final
Eron – Yaponiya 0:3 (0:0)
Gollar: 0:1 – 56 Osako, 0:2 – 67, penalti Osako, 0:3 – 90 Xaraguchi.
Eron – Beyranvand, Puraliganjiy, Hojisafiy, Muhammadiy, Kanonizodagon, Amiriy (Ansarifard, 58), Ibrohimiy, Jahonbaxsh (To‘rabiy, 71), Dejaga (Quddus, 71), Rizoyyan, Azmun.
Yaponiya – Gonda, Yosida, Tomiyasu, Nagatomo, Endo (Shiotani, 60), Xaraguchi, Shibasaki, Minamino, Doan (Ito, 89), Sakai (Muroya, 73), Osako.
Ogohlantirishlar: Amiriy (24), Ibrohimiy (44), Sakai (46).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:52, 28.01.2019.
O'qildi: 8793 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик