Shu yilning 20-28 fevral kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida o‘q otish sporti bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ushbu lisenzion musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida sportchilarimiz kecha poytaxtimizda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshlashdi.
Mudofaa vazirligiga qarashli sport majmuasida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda 6 nafar sportchi qatnashmoqda. Yig‘in 19 fevralga qadar davom etadi. Ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari yakunlangach sportchilarimiz Hindistonga yo‘l oladilar.