Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Andrey Kanchelskis: «Maqsadimiz bitta - chempionatga puxta tayyorgarlik ko‘rish»

Andrey Kanchelskis: «Maqsadimiz bitta - chempionatga puxta tayyorgarlik ko‘rish»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Namanganning “Navbahor” klubi ayni paytda o‘z o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Qrimda o‘tkazmoqda.

Mazkur yig‘in davomida  namanganliklar nazorat  sinov uchrashuvlari ham o‘tkazishmoqda.  “Lochinlar” ayni paytgacha 2 ta o‘rtoqlik bahsi o‘tkazib, “TSK Tavriya” (Simferopol) klubini 3:2, “Sevastopol” (Sevastopol) jamoasini esa 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

Sevastopolliklarga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng, “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis “Sevastopol” FK matbuot xizmatiga intervyu berdi. Quyida o‘sha suhbatni tarjima qilgan holda e’tiboringizga havola etamiz.

Avvalo, sizni bugungi g‘alaba bilan tabriklaymiz. “Sevastopol” bilan bo‘ladigan o‘yinga o‘z shogirdlaringiz oldiga qanday vazifa qo‘ygandingiz va ayni paytdagi nazorat-sinov uchrashuvlarinng natijalari siz uchun muhimmi?    Maqsadimiz bitta - bo‘lajak chempionatga puxta tayyorgarlik ko‘rish. Biz shunga yarasha tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Kuniga 2 mahaldan mashg‘ulotlar o‘tkazyapmiz. Bugun o‘rtoqlik bahsi o‘tkazgan bo‘lsak, ertaga tiklanish jarayonini amalga oshiramiz, So‘ngra keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz. Reja bo‘yicha ish olib boryapmiz. Bugungi o‘yin natijasidan qoniqdim. Albatta, mazkur bahsda yo‘l qo‘yilgan xatolarni muhokama qilamiz. Har qanday holatda ham yutuqqa erishganimiz ijobiy holat. Bundan xursandman. Yigitlarga qoyil, ular g‘alaa qozonish uchun harakat qilishdi. Shogirdlarim ayni paytda kuchli jismoniy yuklamalar olishmoqda. G‘alaba qozonish doimo yoqimli. Qrimdagi mashg‘ulotlar qachongacha davom etadi va “Navbahor”ning qishki yig‘indagi keyingi keyingi rejalari qanday? 31 yanvar kuni Qrimda oxirgi o‘rtoqlik bahsini o‘tkazamiz va shundan so‘ng, bu yerdagi yig‘inni yakunlaymiz. So‘ngra, futbolchilarga qisqa ta’til beriladi. So‘nggi yig‘inni esa Turkiyada o‘tkazamiz. U yerda ko‘plab o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Keyin esa chempionat start oladi.    

Andrey Kanchelskis rasmi 1111

Siz Rossiya futbolini a’lo darajada bilasiz. Endi esa o‘zbek futboli bilan ham tanishdingiz. “Navbahor”ni Rossiya klublari bilan taqqoslansa, jamoa qanchalik saviyaga ega? Hozir men bu savolga aniq javob bera olmayman. Boisi, o‘tgan mavsumda men “Navbahor” bilan bor-yo‘g‘i 8 ta o‘yin o‘tkazdim xolos. Hozir esa yangi jamoa tuzyapman. Yangi chempionat boshlansa, bu haqda qandaydir xulosalarni chiqarsa bo‘ladi. Bo‘lajak mavsumda klub rahbariyati tomonidan oldingizga qanday vazifa qo‘yildi? Maqsadimiz juda yuqori. O‘tgan yili klubimiz 3-o‘rinni egalladi va yangi mavsumda bundan ham yuksakroq natijani qayd etishimiz lozim.  Shu bois, bu yil 1 va 2-pog‘onani band etish yoki O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritish uchun kurash olib boramiz. Mazkur natijalar esa jamoamizga Osiyo Chempionlar Ligasi bahslarida ishtirok etish imkoniyatini beradi. Qrimdagi mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlardan qoniqish hosil qilyapsizmi? Men bu yerda ko‘p marotaba bo‘lganman. Aytgancha, mazkur maydonda haliyam men bosh murabbiyi sanaluvchi Rossiya talabalar terma jamoasi ham to‘p surgan. Qrimdagi sharoitlar a’lo darajada. Shuningdek, bu yerda quyoshli kunlar ko‘proq bo‘lishini istardim. Lekin O‘zbekistondagi quyoshli kunlar ham bizga yetadi. Biz uchun asosiysi, bu haqiqiy futbol o‘ynashga mos bo‘lgan ochiq havo hisoblanadi.

Bizga mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun yaxshi sharoitlarni yaratib bergan  tashkilotchilarga va Yevpatoriya shahri mutasaddilariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.  Yana imkoniyat yuzaga kelsa, shu yerga kelib, tayyorgarlik ko‘ramiz.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 17:30, 29.01.2019.
O'qildi: 2491 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.