Kirish Ro'yxatdan o'tish

Toshkentda xalqaro yarim marafon o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro yarim marafon o‘tkaziladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Navro‘z” bayramiga bag‘ishlangan I Toshkent xalqaro yarim marafonini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilib, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga joylashtirildi.

Qaror loyihasida 22-24 mart kunlari Toshkent shahrida tashkil etiladigan yarim marafon trassasi chizmasi ham ko‘rsatilgan.

Havaskorlar uchun 5 kilometr, professionallar uchun esa 21 kilometr masofada o‘tkaziladigan marafon Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasidan boshlanib, Afrosiyob, Nukus, Abdulla Qodiriy, Mustaqillik shoh ko‘chalari bo‘ylab metroning Buyuk ipak yo‘li bekatiga, keyin Mirzo Ulug‘bek, Taraqqiyot ko‘chalari orqali Amir Temur maydoni, O‘zbekiston ko‘chasi, Mustaqillik maydoni, Abdulla Qodiriy va Abay ko‘chasi orqali boshlangan joyiga qadar bo‘lgan masofada bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, loyihada mutasaddi tashkilotlarga marafonni mahalliy va xorijiy telekanallar hamda internet tarmog‘i orqali HD formatda yoritish, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilish vazifasi topshirilgan.

Marafon g‘olib va sovrindorlari (1-8-o‘rinlar) 3 milliondan 12 million so‘mgacha, 5 kmlik masofada 1-6-o‘rinlar uchun 500 ming so‘mdan 2 million so‘mgacha pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Xarajatlar homiy tashkilotlar, korxonalar, shuningdek xorijiy kompaniyalar va xayriya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Xalqaro yarim marafon poytaxtimizning diqqatga sazovor hududlari, markaziy ko‘chalari bo‘ylab tashkil etilib, boshlanish va yakunlanish joyida “Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Marafonda xorijlik mehmonlar va yurtdoshlarimiz, jami 3000 nafarga yaqin kishi ishtirok etishi kutilyapti.

Manba: minsport
Kiritildi: 05:18, 30.01.2019.
O'qildi: 3046 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.