Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni 0-1 Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya 1-0 Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa 3-0 Kalyari
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma

Nenad Zimonich: «Ishonamanki, yuqori saviyadagi uchrashuvlarni tomosha qilamiz»

Nenad Zimonich: «Ishonamanki, yuqori saviyadagi uchrashuvlarni tomosha qilamiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Kecha O‘zbekiston hamda Serbiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan har ikki terma jamoa sardorlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Undan biroz oldin Farrux Do‘stov ishtirokidagi matbuot anjumaniga oid tafsilotlar haqida xabar bergandik. Tadbirning ikkinchi qismida mehmonlar sardori Nenad Zimonich OAV xodimlari savollariga javob qaytardi.

Serbiya Jokovichsiz ham g‘alaba qozonishga ishonmoqdami?

So‘nggi paytlarda asosan Novaksiz o‘yin o‘tkazyapmiz. Fursatdan foydalanib, uni Avstraliya Ochiq chempionatida g‘olib chiqqani bilan tabriklayman.

10 yil oldingi uchrashuv

O‘sha o‘yinni eslayman. Istomin va Do‘stov juftlik bahslarida kortga chiqqandi. O‘zbekiston terma jamoasi safida Denis Istominni alohida qayd etib o‘tgan bo‘lardim. U ajoyib tennischi.

Tashkilotchilik

Toshkentdagi sharoitlar ajoyib. Bu yerga oldin ham tashrif buyurganman. O‘zbekistonning mehmondo‘stligi menga zavq bag‘ishlaydi.

Uchrashuv oldidan taxmin

Bu sport. Shuni aniqki, uchrashuvlar keskin va murosasiz bo‘ladi. O‘zbekiston terma jamoasi tennischilari ayni paytda yaxshi formada. Barchasi o‘yin kuni kortda hal bo‘ladi. Ishonamanki, yuqori saviyadagi uchrashuvlarni tomosha qilamiz. Yangi format haqidagi fikrim ijobiy. O‘yinlarning qisqargani tennischilar uchun yaxshi.

Eslatib o‘tamiz, bugun qur’a tashlash marosimi tashkil etiladi. Uchrashuvlar 1-2 fevral kunlari «Sahovat sport servis» («O‘zbekiston») sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 04:54, 31.01.2019.
O'qildi: 1906 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.