Kirish Ro'yxatdan o'tish

Svetlana Radzivil Chexiyadagi musobaqada kumush medalga sazovor bo‘ldi

Svetlana Radzivil Chexiyadagi musobaqada kumush medalga sazovor bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Chexiyaning Trshinse shahrida yengil atletikaning balandlikka sakrash yo‘nalishi bo‘yicha «BESKYDSKÁ LAŤKA» xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanova himoya qilishdi.

Bellashuvlarda 192 sm balandlikni zabt etgan ukrainalik sportchi Katerina Tabachnik oltin medalga sazovor bo‘ldi. Svetlana Radzivil va britaniyalik Morgan Layk bir hil natija ko‘rsatib, kumush medalni qo‘lga kiritishdi. Sportchilar 189 sm natijani ilk urinishdayoq qayd eta oldilar. 192 sm balandlikka esa sakray olishmadi.

Nadiya Dusanova 185 sm balandlikni zabt etgan holda to‘rtinchi o‘rindan joy oldi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:15, 31.01.2019.
O'qildi: 1810 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.