Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» Denis Suares transferini e’lon qildi

«Arsenal» Denis Suares transferini e’lon qildi

Baho:
+ | -

“Barselona” yarim himoyachisi Denis Suares mavsumning qolgan qismini “Arsenal”da o‘tkazadi.

Kataloniyaliklar 25 yoshli futbolchi bilan 2021 yilning yoz oyiga qadar shartnoma imzoladi va London klubiga ijaraga asosida qo‘yib yubordi.

Suares “Arsenal”da yurgan vaqtida maosh ham oladi.

Shuningdek, “to‘pchilar” ispaniyalik futbolchini 20 mln yevro evaziga sotib olish huquqiga ham ega.

Kecha “Barselona”ning rasmiy saytida Denis Suaresni “Arsenal”ga ijaraga o‘tgani haqida xabar chiqgan edi. Keyinroq ushbu xabar o‘chirib yuborilgan edi.

Bugun transferni ikki klub ham tasdiqladi.

Manba: www.arsenal.com
Kiritildi: 17:38, 31.01.2019.
O'qildi: 4554 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик