Piterning “Zenit” klubi himoyachisi Luish Netu yozda “Sporting” safiga o‘tadi.
A Bola nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi porutgaliyaliklar bilan 2022 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchining “Zenit” bilan shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga yetadi. Joriy mavsum u 11 ta o‘yinda maydonga tushdi.