“Milan” yarim himoyachisi Alen Xalilovich mavsumning qolgan qismini Belgiya chempionatida davom ettiradi.
Lejning “Standard” klubi 22 yoshli futbolchini sotib olish sharti bilan 2020 yilga qadar ijaraga oldi.
Xalilovichning “Milan” bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilgacha amal qiladi.
Malumot o‘rnida, joriy mavsum xorvatiyalik futbolchi faqatgina Yevropa Ligasida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi.