Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Futbolchilarning noodatiy raqamlari (Albatta o‘qing, bu qiziq)

Futbolchilarning noodatiy raqamlari (Albatta o‘qing, bu qiziq)

Baho:
+1 | -

Futbolchilarning raqamlari hamma zamonlarda ularning klubda tutgan o‘rnini belgilab kelgan. Aynan raqamlarga oid futbol olamidagi noodatiy voqeyalar haqida qisqacha

Ivan Samarano 1+8

Ivan Samarano «Inter» jamoasi safiga kelib qo‘shilgan chog‘larida o‘sha paytda urf bo‘lgan 9-raqamni (U davrlarda 7 – raqam u qadar urf emas edi) oladi. Keyin jamoa Roberto Badjo va Ronaldoni harid qiladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, Badjo o‘zining 10-raqamini oladi, Ronaldo esa, 9-raqamni Samaranodan tortib oladi. Keyinchalik Samarano noodatiy ishga qo‘l uradi va 18 -raqamni tanlaydi. Ertasi kuni esa raqamlar orasiga plyus belgisini qo‘yib maydonga tushadi. Tez orada klub ikki hujumchi o‘rtasidagi muammo hal bo‘lganidan quvonib, unga shunday raqamda (agar raqam deb bo‘lsa) o‘ynashga ruhsat beradi. Futbol olamidagi o‘ziga hos revalusiyani amalga oshirgan Samarano raqobatchisidan hech jabhada qolishmasdan ajoyib mavsumlarni o‘tkazadi. Uning raqami hozirgi kungacha «Inter» jamoasi muzeyida, o‘sha kunlardan esdalik sifatida saqlanadi.

Shotlandiyaning «Aberdin» klubi o‘yinchisi Zeruoali va 0 raqam

Marokashlik futbolchi jamoaga kelib qo‘shilgan chog‘lari uning familiyasi klubdoshlari tomonidan ko‘p bor kulguga sabab bo‘ladi. Sababi shundaki, «Zero» so‘zi ingliz tilidan tarima qilinganda 0 sonini bildiradi. Zerouali bu hazillarga pozitiv yondoshadi va o‘zi uchun 0 raqamini tanlab oladi. Marokashlik futbolchi «Aberdin» safida aynan shu raqam ostida harakat qiladi va tarixga ilk bor 0 raqamida o‘ynagan futbolchi sifatida kiradi. Afsuski, u Shotlandiya klubi tarkibida atigi bir mavsum harakat qiladi. Afsuski, Zerouali haqida ko‘proq ma’lumot yig‘ishning iloji bo‘lmadi. Eng qizig‘I shundaki, uning shartomasi yakunlangan yili (1998) FIFA bunday raqamda (0) o‘ynashni ta’qiqlab qo‘yadi. «Aberdin» esa Zeroualining «Afsonaviy» 0-raqamini abadiyga muzlatib qo‘yadi. Darhaqiqat, bu raqamda boshqa hech qaysi futbolchi istasa ham o‘ynay olmaydi.

9-raqamli darvozabon

Meksikaning «Mexeko» klubi darvozaboni Julio Kampos o‘zining noodatiy libos va 9-raqamda harakat qilgani bilan futbol tarixida qolgan.

Kampos 16 yoshga qadar hujumchi futbolchi vazifasini o‘tab, keyinchlik esa o‘z pozisiyasini o‘zgartirgan ekan. Julioga biror bir klubdan taklif tushsa 9-raqamda o‘ynashini shart sifatida qo‘ygan.U faoliyati mobaynida hech qachon 1-raqamda harakat qilmagan yer yuzidagi kam sonli darvozabonlardan biri. Undan nega aynan shu raqam deya so‘ralganda u doim:

«Bu raqam mening yoshligimni eslatib turadi. Aynan shu sabab doimo o‘zimni yaxshi his qilaman»,-deya javob berardi. Kampos futbol o‘ynagan davrlarda bu raqam naqadar «avtoritet» bo‘lganini aytib o‘tishimizning hojati bo‘lmasa kerak. Shunga qaramasdan, qahramonimiz bu raqamni hech qaysi hujumchiga bermasdan o‘z darvozasini ishonchli qo‘riqlagan. Kampos futbol olamida yangi sahifa ochgan darvozabonlardan biri sifatida doimo xotiramizda qolsa, ajab emas!

3 xonali raqamlarda o‘ynaganlar

Avstriya terma jamoasining eng nomdor o‘yinchisi hisoblangan Andres Herzog – UEFA tomonidan 3 xonali raqamda o‘ynashga ruhsat berilgan yagona o‘yinchi. U o‘zining yubiley, ya’ni 100 -uchrashuvida aynan shu raqamda o‘rtoqlik uchashuvida maydonga tushgan.

Tomas Uar

Avstraliya Osiyo qit’asiga yangi o‘tgan davrlarda bir nechta futbolchilar terma jamoa safida 3 xonali raqamlarda harakat qilishardi. O‘zlarining yangi qit’adagi ilk o‘yinlaridan birida Tomas Uar 121 raqamda maydonda harakat qiladi. Avvaliga FIFA bunga ruhsat beradi. Keyinchalik AFC ning talabi bilan FIFA Avstraliya uchun bunday raqamlarda harakat qilishni man etadi.

Adolfo Boatishta

Meksika chempionatining «Chivas» klubi to‘p urari va yetakchisi Adolfo Boatishta bolaligidan boshlab 100-raqamda harakat qilgan. Uning raqamlari oldiga onasining o‘limidan so‘ng yana bir yozuv qo‘shilgan. Unda «Bofo my Angel» deya bitilgan edi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:05, 04.02.2019.
O'qildi: 13274 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.