Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Santyago Solari: «Chiroyli o‘yin namoyish qilib, g‘alaba qozonmoqchimiz»

Santyago Solari: «Chiroyli o‘yin namoyish qilib, g‘alaba qozonmoqchimiz»

Baho:
+ | -

"Real" bosh murabbiyi Santyago Solari Ispaniya kubogi yarim final bosqichi doirasida bo‘ladigan "Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yin haqida
«Taktik jihatdan syurprizlar bo‘lishini hech qachon oldindan aytib bo‘lmaydi. Bu faqat bir jamoaga bog‘liq emas. Chiroyli o‘yin ko‘rsatishni istaymiz. Bu klasiko, undan barcha rohatlanishini xohlaymiz: chiroyli o‘yin namoyish qilib, g‘alaba qozonmoqchimiz».

Klasiko haqida
«Klasiko – bu o‘zaro yuqori raqobatga ega bo‘lgan jamoalarning o‘zaro to‘qnashuvi: «River» – «Boka», «Inter» – «Milan», «San-Lorenso» – «Urakan», va tabiiyki, «Real Madrid» – «Barselona», «Real Madrid» – «Atletiko».

Bugun jamoa qozongan jamoa La ligada ham ustunlikka erishadimi?
«Bu ikki xil musobaqa. Biz barcha musobaqalarda g‘olib chiqishni istaymiz. Har bir turnirga jiddiy yondashamiz. Avvalgi bahslarda bo‘lganidek yaxshi o‘yin ko‘rsatamiz. Yevropa chempionlar ligasi pley-off bosqichi oldidan yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lishimiz kerak. Ammo kelajakni o‘ylamasdan, "Kapm Nou"dagi o‘yin muhim ekanini tushunishimiz lozim».

Tarkib borasida
«Valyexo o‘yinga tayyor. Deyarli barcha futbolchilar safga qaytganidan xursandmiz. Hamma o‘yinchilar maydonga chiqishga tayyor bo‘lsa, mening vazifam yanada qiyinlashadi. Barcha futbolchilar jamoa manfaati uchun o‘zining bor iqtidori, imkoniyati va kuchini sarf qilishi lozim».

Taqvim haqida
«Raqibga nisbatan bir kun kam dam olayotganimiz — juda qiziq. Umid qilaman, bu ataylib qilinmagan. Bu savolni taqvim tuzayotgan odamlarga bersangiz yaxshi bo‘lardi. Bizning vazifamiz — o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qilishdan iborat».

Lionel Messi haqida
«Eng yaxshi futbolchilarning maydonda bo‘lishi — bu har doim yaxshi. Messi o‘ynadimi yoki yo‘qmi — bu holat bizning tayyorgarlik jarayonimizga aslo ta’sir o‘tkazmaydi».

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 08:35, 06.02.2019.
O'qildi: 3174 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.