Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 1-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Karate. Fransiyalik mashhur murabbiy master-klass o‘tkazish uchun Toshkentga keldi

Karate. Fransiyalik mashhur murabbiy master-klass o‘tkazish uchun Toshkentga keldi

Baho:
+ | -

Sir emaski, karate jahonda o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Sportning ushbu turi 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgani ham buning isbotidir.

Shu boisdan yoshlarimiz kelajakda sog‘lom, baquvvat bo‘lishlari, yurtimiz dovrug‘ini xalqaro arenalarda yuksaklarga ko‘tarish uchun ham karate bilan shug‘ullanishmoqda.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi va O‘zbekiston karate Milliy federasiyasi tomonidan sportning ushbu turini rivojlantirish, uni aholi orasida yanada ommalashtirish yo‘lida ish olib borilmoqda.

Yosh avlodni sportga qiziqtirishda esa jahon yulduzlari bilan uchrashuvlar, ular ishtirokidagi master-klasslarning ahamiyati katta.

Shu munosabat bilan sportchilik vaqtida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan, murabbiy sifatida jahon va Yevropa chempionlarini tarbiyalagan, bugungi kunda karate yo‘riqchisi (instruktori) bo‘lib ishlayotgan mashhur Xasin Xaddad O‘KMF rahbariyatining taklifiga ko‘ra O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Mutaxassis Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Rejaga binoan u yurtimizda terma jamoamiz a’zolari, yosh karatechilarimiz uchun master-klass o‘tkazadi. Sportchilarimiz chempionga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida Olimpiya oilasi a’zosiga aylanayotgan karatechilarimiz uchun haqiqiy tajriba maktabi bo‘lishi shubhasiz.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 12:03, 07.02.2019.
O'qildi: 2471 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик