Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

«PSJ»ga qiyin bo‘ladi

«PSJ»ga qiyin bo‘ladi

Baho:
+ | -

Hademay Yevropa chempionlar ligasining pley-off bosqichi bahslari boshlanadi. Qur’a bizga ajoyib o‘yinlarni taqdim etdi. Bugun «PSJ» va «Manchester Yunayted» to‘qnashuvi haqida to‘xtalib o‘tamiz.

«PSJ»ning raqibi — avvalgi «Manchester Yunayted» emas!

Qur’a natijalari e’lon qilingach, «PSJ» muxlislari biroz yengil tortishgan bo‘lsa, ajab emas. Sababi, raqib ancha zaif va ichki nizolar qurshovida qolgan jamoa edi. Biroq, «benazir»ning ketishi «qizil iblislar» uchun ajoyib yechim bo‘lishini ko‘pchilik kutmagandi. Tomas Tuxel shogirdlari bir qarashda play-offdagi raqiblarini ko‘rdim demay o‘tib ketadigandek tuyulayotgan edi. Ammo, endi vaziyat tubdan o‘zgarib ketdi. Sulsherning kelishi Pogba, Reshford, Marsial, Lingard singari futbolchilarning «kishanlarini yechib yubordi». Oqibatda, «avtobus» bir yumalab jangga shay «transformer»ga aylandi-qo‘ydi.

«PSJ» yulduzlari g‘alaba kaliti bo‘la oladimi?

Ko‘pchilik mutaxassislar Neymar, Mbappe singari klub yetakchilarining APL darjasidan ancha yiroqda bo‘lgan chempionatda to‘p surishlari ularning mahoratlarini biroz o‘tmas qilib qo‘yishidan xavotirda ekanliklarini bot-bot e’lon qilishmoqda. Darhaqiqat, «PSJ» mana bir necha yildan beri Fransiyada aytarli qarshilikka duch kelmayapti. Jardim boshchiligidagi «Monako» bu an’anaga chek qo‘yishning uddasidan chiqqan edi, ammo… Uning «Monako»sini Yevropaning grandlari ko‘tara narxda talan-taroj qilib yuborishdi. Oqibatda, «PSJ»ga raqobatchi bo‘lib turgan jamoa autsayderga aylanib qoldi. Boz ustiga, Neymar jarohat tufayli "MYU"ga qarshi kechadigan har ikkala bahsni o‘tkazib yuboradi.

«Manchester Yunayted»da esa vaziyat boshqacharoq. Ular APLda 20-o‘rindagi jamoadan 3 ochko olish uchun jang qilishlariga to‘g‘ri keladi. Bu esa futbolchining mahoratini charxlanib borishini ta’minlaydi.

G‘alaba uchun kimda imkoniyat ko‘proq?

«Qizil iblislar»dagi progressga qaramasdan, «PSJ»da g‘oliblik uchun nazariy jihatdan imkon biro-o-o-zgina ko‘proqdek ko‘rinmoqda. Ular hal qiluvchi ikkinchi uchrashuvni o‘z uylarida o‘tkazishadi. Bu esa ilk uchrashuvdagi har qanday natijadan to‘g‘ri xulosa chiqarib, hal qiluvchi o‘yin oldidan revansh olishga imkon yaratishi mumkin. Agar «qizil iblislar» o‘z o‘yinlarini namoyish eta olishsa, «PSJ»ga bu faktor ham yordam bera olmay qoladi. Umuman olganda, ikki klubda ham g‘alaba qozonish uchun imkoniyat mavjud. Bu uchrashuv taqdirida murabbiylar tomonidan tanlangan taktika va o‘yin strategiyasi katta rol o‘ynashi aniq…

Bu uchrashuv Sulsher uchun futbol karyerasidagi eng muhim imtihonlardan biri bo‘lishi aniq. Uning klubda qolish-qolmasligi ko‘p jihatdan «Manchester Yunayted»ning YECHLdagi ishtirokiga bog‘liq...

YECHL pley-off bahslarida bizni biri-biridan qiziq o‘yinlar kutib turibdi, lekin aynan shu uchrashuv futbol muxlislarini qiynayotgan bir nechta savollarga javob bersa, ajab emas. Sulsherning jangchilari keyingi bosqichga chiqadimi, yo «PSJ»ning superyulduzlari o‘yin taqdirini hal qilishadimi, buni o‘yin ko‘rsatadi. Bu uchrashuv nimchorak finaldagi eng shiddatli match bo‘lishi aniq. Bunday spektaklni o‘tkazib yubormang.

Qaysi jamoada imkoniyat ko‘proq degan savolga Joze Mourinyo aytganidek:

«O‘yin hali boshlanmadi, g‘alaba uchun imkoniyat — ikki jamoada ham 50/50», — deya javob bersak adolatdan bo‘ladi.

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:28, 08.02.2019.
O'qildi: 20842 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.