Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

Superliga va Pro-liga matbuot xizmati vakillari uchun seminar tashkil etildi

Superliga va Pro-liga matbuot xizmati vakillari uchun seminar tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonda yangi futbol mavsumi start olishiga borgan sayin oz muddat qolmoqda.

Jamoa o‘yinchi va murabbiylari qatori klublarning boshqa xodimlari ham yangi mavsumga qizg‘in hozirlik olib borishmoqda. Klubning mavsum davomida uchrashuvlarni yuqori darajada o‘tkazishida matbuot xizmatining o‘rni ham beqiyos.

Shuni inobatga olgan holda Professional Futbol Ligasi Superliga va Pro-liga klublari matbuot xizmati vakillari uchun seminar tashkil etdi. Seminar davomida klublar media-bo‘limi vakillarining o‘tgan mavsum qilgan ishlari sarhisob qilindi va yangi mavsum uchun rejalar muhokama etildi.

2019 yildan e’tiboran har bir klub matbuot xizmatida matbuot kotibidan tashqari ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlaydigan va bevosita rasmiy saytni yurituvchi administrator hamda fotosuratchi ham faoliyat olib borishi shart, etib belgilandi. Zero hozirgacha deyarli barcha klublar matbuot xizmati ishini bir nafargina xodim yuritib kelgan. Natijada ayrim klublar o‘yinlari yoritilishida kamchiliklar, xususan, fotosurat yetishmasligi, o‘yin uchun boshlang‘ich tarkib yoki o‘yindan so‘ng uchrashuv natijasi haqida xabarlar klub saytiga joylanishi ko‘pincha kechikkan.

Shu jihatlarni inobatga olgan holda yangi mavsumdan e’tiboran har bir klub o‘z matbuot xizmati faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi tartibga solinadi va bu lisenziyalash jarayonida albatta tekshiriladi.

Seminar davomida yangi mavsumda uchrashuvlarni keng yoritish, o‘yin ichidagi va uning atrofidagi voqealarni muxlislar e’tiboriga tezkorlik va chiroyli tarzda yetkazib berishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar tushuntirildi. O‘zPFL va klublar matbuot xizmatlari hamkorlikda amalga oshiradigan loyihalar bafurja muhokama etib olindi.

Jumladan, o‘tgan mavsumlarda ayrim klublar mavsumoldi fotosessiyani ancha yaxshi o‘tkazgan. Ba’zi jamoalar esa futbolchi va murabbiylar ishtirokida fotosessiya tashkil etish masalasiga e’tiborsiz qarashgan. Klub matbuot xizmati mavsum davomida foydalanishi uchun o‘yinchilar va murabbiylar shtabi mavsum startidan oldin fotosessiyada qatnashishi butun dunyoda bor tajriba. Shuni inobatga olgan holda, Professional Futbol Ligasi 2019 yilgi mavsumda ushbu mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi va Superliganing barcha klublari PFL matbuot va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan uyushtiriladigan foto va video-sessiyada ishtirok etishadi.

Seminar davomida shu va boshqa masalalar bafurja muhokama etildi. Yakunda Superliga va Pro-liga jamoalari matbuot xizmati vakillariga lisenziyadan o‘tishi uchun sertifikatlar topshirildi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 12:41, 08.02.2019.
O'qildi: 1905 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.