Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

«9» – endi bu raqam abadiy unga tegishli

«9» – endi bu raqam abadiy unga tegishli

Baho:
+ | -

“Nant” kecha La-Manshdan tanasi topilgan Emiliano Salani xotirasini abadiylashtirish uchun bir ish qildi.

Fransiya klubi Sala o‘ynagan 9-raqamni butkul muomiladan chiqardi.

Emiliano Sala 19 yanvar kuni “Nant”dan “Kardiff” safiga 20 million yevro evaziga o‘tgan edi. Ushbu futbolchi Uels jamoasi uchun eng qimmat xarid edi.

Argentinalik futbolchi “Kardiff” bilan shartnoma imzolagach, sobiq jamoadoshlari bilan xayrlashish uchun Fransiyaga PA 46 Malibu samolyotida qaytgan edi.

21 yanvar kuni xuddi shu samolyotda Sala Kardiff tomon yo‘lga chiqqan. Samolyot bilan aloqa dushanba kuni soat 20:00 larda (mahalliy vaqt bilan) uzilgan. Bundan oldin samolyot aviadispecherlardan La-ManshningGernsi orolida favqulodda qo‘nishni so‘ragan.

Polisiya 22 yanvarda qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlab 24 yanvarda tugatgan edi. Salaning qidiruviga Ngolo Kante, Sesk Fabregas, Dmitri Payet, Kilian Mbappe kabi futbolchilar moddiy yordam berishdi.

Ma’lumot o‘rnida, Emiliano Sala “Bordo”, “Orlean”, “Nyor”, “Kan” va “Nant” jamoalarida to‘p surgan .“Kardiff” safida maydonga tushishga esa ulgurmadi.U endigina 28 yoshga to‘lgan edi.

Manba: twitter.com/Nantes
Kiritildi: 19:08, 08.02.2019.
O'qildi: 12953 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик