Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/12 00:45 Roma 1-0 Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano 0-0 Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted 4-4 Bornmut

Xokkey. O‘zbekiston chempionatida dastlabki kun uchrashuvlari yakunlandi

Xokkey. O‘zbekiston chempionatida dastlabki kun uchrashuvlari yakunlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Kecha, 9 fevral kuni mustaqil O‘zbekiston tarixida xokkey bo‘yicha ilk marotaba mamlakat chempionati boshlandi. Uchrashuvlar oldidan O‘zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazilgan va unda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etgani haqida xabar berib o‘tdik.

Ochilish marosimidan so‘ng uchrashuvlarga start berildi. Ilk tarixiy o‘yinda «Toshkent» hamda «Binokor» jamoalari muzga chiqishdi. Qizg‘in kechgan bahsda «Toshkent» xokkeychilari 5:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ikkinchi o‘yinda esa «Humo» jamoasi «Semurg‘»ga 4:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ikkinchi tur uchrashuvlari 10 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Unda «Binokor» «Semurg‘»ga qarshi muzga chiqsa, «Toshkent» «Humo»ni sinovdan o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinlar poytaxtimizdagi «Ice City» majmuasida o‘tkazilmoqda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:08, 09.02.2019.
O'qildi: 2273 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.