Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

PFL maxsus ishchi-guruhi bir qator klublarni monitoringdan o‘tkazmoqda

PFL maxsus ishchi-guruhi bir qator klublarni monitoringdan o‘tkazmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bilasiz, Superliga va Pro-liga klublari yangi mavsum uchun futbolchi va murabbiylarini PFLda ro‘yxatdan o‘tkazishi uchun avvalo bir qator talablarni bajarishi lozim bo‘ladi.

Ya’ni, oldindan ma’lumot berilganidek, “O‘FA va O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini lisenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo‘yicha reglament”da ko‘rsatilgan talablar, jumladan o‘z akademiyasiga ega bo‘lish, uy stadioni maydoni yaxshi holatda bo‘lishini ta’minlash hamda futbolchilari oldida qarzdorligi mavjud emasligini ko‘rsatgan klub haftaning istalgan kunida yangi futbolchilari bilan shartnomalarni PFL ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin.

Biroq yangi mavsum starti borgan sayin yaqinlashayotgan bo‘lsa-da, yuqorida sanab o‘tilgan u yoki bu talabni bajarishni biroz paysalga solayotgan klublar ham yo‘q emas.

Ayni paytga kelib, faqatgina “Qizilqum” hamda “Andijon” jamoalari yuqorida sanab o‘tilgan talablar yuzasidan amalga oshirilgan va bajarilayotgan ishlar bo‘yicha to‘liq hisobot taqdim etdi. Vaziyat qolgan klublarda qanday ekani, yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni qanday olib borilayotgani bilan yaqindan tanishish maqsadida PFL monitoring guruhlari bugun, 9 fevral kuni bir qator klublarga tashrif buyurishmoqda.

Jumladan, “Buxoro”, “Mash’al”, “Nasaf”, “So‘g‘diyona”, “Dinamo”, “Qo‘qon-1912”, “Neftchi”, “Istiqlol”, “Navbahor” hamda “Surxon” klublarida monitoring olib borilmoqda va stadion, maydon holati, yoritish tizimlari, klub shtat birligi, akademiya, mavjud qarzdorliklar va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilmoqda.

Dushanba kuni o‘tkazilgan monitoring natijalari umumlashtirilgan holda keng futbol jamoatchiligi e’tiboriga havola etiladi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:10, 09.02.2019.
O'qildi: 2032 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик