Avvaliga bu insonning matbuot anjumanidagi o‘z kuchiga ishonch bilan aytgan so‘zlari bizning OAV ning g‘ashiga tegdi. Shaxsan meni bu murabbiy qiziqtirib qo‘ydi. «Eyr Fors»futbolchilari mashg‘ulot boshlashlaridan avval Qosim Bosimni suhbatga tortdik
Assalomu alaykum Toshkentga xush kelibsiz
- Avvalambor, Assalomu alaykum va rahmatullohi va va barakatuh.
Matbuot anjumanida ancha ishonch bilan gapirdingiz. Jamoangizning g‘alaba qozonishiga shu qadar ishonyapsizmi?
- Albatta,(Biroz qizishib ketdi) biz Toshkentga g‘alaba uchun keldik. Bu uchrashuvda qiyinchilikka uchrashimiz aniq. Sababi, «Paxtakor» da ham kuchli futbolchilar jamlangan.
Iroq futbolida yaratib berilayotgan imkoniyatlar u qadar maqtagudek emasligiga qaramasdan, yurtingizda futbol o‘smoqda. Ayniqsa, yosh futbolchilaringiz har qanday turnirda chempionlik uchun kurashadi. Buning siri nimada?
- To‘g‘ri aytingiz. Har-xil yosh toifadagi terma jamoalarimiz doimmo sovrinli o‘rinlar uchun kurashishadi. Sharoitlarga kelsak, to‘g‘ri, biz bu bilan maqtana olmaymiz, lekin asosiysi natija ko‘rsatish. Biz buni uddasidan chiqmoqdamiz.
Iroq terma jamoasi va klublari mahalliy futbolchilarni tanlayotganda 1-navbatda ularning qaysi jihatlariga e’tibor qaratadi?
- Jismoniy imkoniyatlariga. Bizda futbolchi bo‘lishni xohlagan futbolchilar yoshlik chog‘laridayoq jismoniy mashqlarga urg‘u berishlari shart. Akademiyalarda, klublarda terma jamoa uchun o‘yinchi tanlayotganimizda ham birinchi navbatda futbolchining bo‘y-basti, jismoniy imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Ya’ni Iroq futboli atlet futbolchilarga suyanadi?
- Ha, xuddi shunday. Zamonaviy futbolda hozir bu eng muhim jihat.
Ertangi uchrashuvdan so‘ng mag‘lubiyatga uchrasangiz, bu klub uchun fojia bo‘ladimi, yo oddiy qabul qilinadimi?
- (Asabiylashadi) To‘g‘ri, «Paxtakor» kuchli klub, ammo biz ham yengilgani kelmadik. Bu savolni hozir o‘rinsiz deb o‘ylayman.
Kelajakdagi ishlaringizga omad tilaymiz
- Sizlarga ham omad tilayman
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev suhbatlashdi.