Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Lokomotiv» Toshkentga qaytib keldi

«Lokomotiv» Toshkentga qaytib keldi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonning amaldagi chempioni xorij yig‘inini yakunlab yurtimizga qaytib keldi.

“Lokomotiv” yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi va asosiy qismini Turkiyada tashkil etdi. 30 yanvardan 13 fevralga qadar davom etgan yig‘in chog‘ida “temiryo‘lchilar” to‘rtta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi.

Dastlabki sinov-nazorat bahsi Moskvaning “Dinamo” klubiga qarshi kechib, bunda 1:1 hisobi qayd etildi. O‘yinda futbolchimiz Avazbek O‘lmasaliyev gol muallifi bo‘ldi.

4 fevral. O‘rtoqlik uchrashuvi
“Lokomotiv” – “Dinamo” (Moskva) 1:1

“Lokomotiv” tarkibi: Javohir Ilyosov, Shuhrat Muhammadiyev, Igor Yelich, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteev, Yovan Jokich, Alisher Shog‘ulomov, Sardor Mirzayev, Jamshid Iskanderov, Husniddin G‘ofurov, Temurxo‘ja Abduxoliqov.

Zaxiradan tushganlar: Ma’mur Ikromov, Arslonmurod Amonov, Aziz Haydarov, Filipp Rayevas, Avazbek O‘lmasaliyev, Sergey Proxorov, Farrux Ibrohimov, Bobur Ergashev.

Ikkinchi bellashuv Qozog‘iston klubi “Astana”ga qarshi o‘tkazildi va bunda ham o‘yin 1:1 hisobida yakun topdi. Uchrashuvda dastlab qozog‘istonliklar gol urishdi. Bahs oxirlarida esa Husniddin G‘ofurov o‘rtadagi vaziyatni tikladi.

6 fevral. O‘rtoqlik uchrashuvi
“Lokomotiv” – “Astana” 1:1

“Lokomotiv” tarkibi: Ma’mur Ikromov, Oleg Zoteev, Anzur Ismoilov, Igor Yelich, Shuhrat Muhammadiyev, Yovan Jokich, Islom To‘xtaxo‘jayev, Sardor Mirzayev, Aziz Haydarov, Filip Rayevas, Temurxo‘ja Abduxoliqov.

Zaxiradan tushganlar: Javohir Ilyosov, Javohir Esonqulov, Arslonmurod Amonov, Avazbek O‘lmasaliyev, Sergey Proxorov, Farrux Ibrohimov, Bobur Ergashev, Alisher Shog‘ulomov.

Antaliya yig‘inidan o‘rin olgan uchinchi o‘rtoqlik uchrashuvi esa Ukrainaning “Zarya” klubiga qarshi o‘tkazilib, bunda “temiryo‘lchilar” 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

9 fevral. O‘rtoqlik uchrashuvi
“Lokomotiv” – “Zarya” 0:1

“Lokomotiv” tarkibi: Javohir Ilyosov, Oleg Zoteev, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev, Jamshid Iskanderov, Arslonmurod Amonov, Sardor Mirzayev, Husniddin G‘ofurov, Yovan Jokich, Temurxo‘ja Abuxoliqov.

Zaxiradan tushganlar: Ma’mur Ikromov, Javohir Esonqulov, Filip Rayevas, Davron Hoshimov, Avazbek O‘lmasaliyev, Sergey Proxorov, Farruh Ibrohimov, Bobur Ergashev, Alisher Shog‘ulomov, Diyor Turopov.

Nihoyat to‘rtinchi nazorat bahsida “Lokomotiv”ning raqibi Sloveniyaning “Olimpiya” klubi bo‘ldi. Bu uchrashuvda ham dastlabki ikkita o‘yinda bo‘lgani kabi 1:1 hisobi qayd etildi. “Loko” safida Alisher Shog‘ulomov raqib darvozasiga to‘p kiritdi.

12 fevral. O‘rtoqlik uchrashuvi
“Lokomotiv” – “Olimpiya” 1:1

“Lokomotiv” tarkibi: Ma’mur Ikromov, Oleg Zoteev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Igor Yelich, Davron Hoshimov, Aziz Haydarov, Diyor Turopov, Jamshid Iskanderov, Alisher Shog‘ulomov, Arslonmurod Amonov, Filip Rayevas.

Zaxiradan tushganlar: Javohir Ilyosov, Javohir Esonqulov, Sardor Mirzayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Avazbek O‘lmasaliyev, Husniddin G‘ofurov, Yovan Jokich, Sergey Proxorov, Farrux Ibrohimov, Bobur Ergashev.

Shunday qilib Antaliyada 14 kun ichida to‘rtta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan “Lokomotiv” uchta durang va bitta mag‘lubiyat qayd etdi. Albatta, nazorat bahslarida natija muhim emasligini muxlislar juda yaxshi bilishadi. Muhimi, murabbiylar o‘yindagi kamchiliklarni ko‘rib olishdi va xatoni tuzatib borish rasmiy o‘yinlarda katta yordam beradi.

Mavsum boshlanishiga kam fursat qolayotgan bir paytda “Lokomotiv” tayyorgarlikni Toshkentda davom ettiradi. Jamoani 23 fevral kuni joriy yilning ilk rasmiy uchrashuvi kutmoqda. Shu kuni “Paxtakor” markaziy stadionida “Lokomotiv” O‘zbekiston Superkubogi uchun kurashda Olmaliqning AGMK jamoasi bilan bellashadi. Bu o‘yin bilan “temiryo‘lchilar” uchun 2019 yilgi futbol mavsumi start oladi.

“Lokomotiv” PFK matbuot xizmati.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 03:26, 14.02.2019.
O'qildi: 3672 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.