Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Manchester Yunayted»ning muammosi nimada?

«Manchester Yunayted»ning muammosi nimada?

Baho:
+1 | -1

Hujumdagi omadsizlik

Sulshserning ilk mag‘lubiyati bilan yakunlangan uchrashuv «Qizlil iblislar»ning muammolarini yaqqol namoyon qilib qo‘ydi. Neymar va Kavanisiz ham mehmonda g‘alaba qozongan «PSJ» o‘zining qudratini namoyon qilib qo‘ydi va bu mavsum «shalpangquloq»qa asosiy da’vogar ekanligini isbotladi. Uchrashuv haqida qisqacha to‘xtalsak, «Mancherster Yunayted» ilk daqiqalardanoq kuchli pressing uyishtirayotgan parijliklarga qarshi o‘ynashga qiynala boshlashdi. Sulsher tezkor gol urib olish rejasini amalga oshira olmadi. Pogba orqali maydon markazidan hujumlarni uyishtirish rejasini rejasi amalga oshira olmadi. Sababi, Tuxel ilk daqiqalardanoq Pogbani Veratti va Markinos orqali to‘liq yopib tashladi.

«Qizil iblislar» bu uchrashuvda agressiv harakat qilishgan bo‘lsada, «PSJ» futbolchilari texnik mahoratga tayangan xolda vaziyatlarni sovuqqonlik bilan o‘z foydasiga hal qila boshladilar. «PSJ» klubi futbolchilari o‘yin davomida boshqa omillarga parvo ham qilmay, asablarini jilovlab olgancha, e’tiborlarini to‘liq o‘yinga qaratishdi va birinchi bo‘limni ajoyib tarzda o‘tkazishdi.

Ikkinchi bo‘limdagi majburiy o‘zgarishlar ham mag‘lubiyatning omili bo‘lib hizmat qildi. Ayniqsa, Aleksis maydonga nimaga tushganini o‘yin so‘nggigacha tushunib yeta olmadi ham.

Himoyada muammolar

Jozening himoyadagi muammolar haqida nolib aytgan gaplari «PSJ»ga qarshi kechgan o‘yinda o‘z isbotini topdi. Ayni damda «M-YU» da top darajadagi himoyachi yo‘qligi shundoq ko‘rinib qoldi. Ayniqsa, markaziy himoyachilar o‘sha kuni ancha zaiflashib qolgan (Neymar va Kavanisiz) «PSJ»ning hujumlariga dosh bera olmadi. Qanot himoyachilari esa «PSJ»ning qanotdagi futbolchilaridan tezlik bobida yaqqol ortda qola boshlashdi. Ayniqsa, ikkinchi golda Di Mariaga Yang yeta olmagan bo‘lsa, ikki markaziy himoyachining o‘rtasida turgan Mbappe ortiqcha qiyinchiliksiz darvozani ishg‘ol qildi.

Xulosa o‘rnida.

Sulsherning bunday uchrashuvlarda tajribasizligi va klubning anchadan beri CHL play-offlarida qatnashmayotgani ham o‘z so‘zini aytdi. Shunga qaramasdan hali javob uchrashuvi jamoalarni kutmoqda. Pogba uchrashuvni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri kelsada, «Chiqmagan jondan umid» deganlaridek, hali imkoniyat to‘liq boy berilganicha yo‘q.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:16, 14.02.2019.
O'qildi: 11377 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.