Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Iskandar Shodiyev O‘zbekiston xokkey federasiyasi raisining o‘rinbosari etib saylandi

Iskandar Shodiyev O‘zbekiston xokkey federasiyasi raisining o‘rinbosari etib saylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Sizga yaxshi ma’lumki, yurtimizda xokkeyga bo‘lgan qiziqish avvaldan yuqori bo‘lgan. Biroq, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ushbu sport faoliyatida biroz uzilish paydo bo‘lgan va O‘zbekistonda xokkey taraqqiyoti to‘xtab qolgandi.

Bugunga kelib shaxsan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qishki sport turlarini, jumladan xokkeyni ham rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda yurtimizda xokkey federasiyasi ham faoliyat olib bormoqda.

Kecha, 13 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston xokkey federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston xokkey federasiyasi rahbariyati va mutasaddilari, hakamlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala federasiya raisiga o‘rinbosar saylashdan iborat edi. Shu munosabat bilan mazkur lavozimga “Binokor” xokkey klubi menejeri Iskandar Qosimovich Shodiyev nomzodi ilgari surildi. Konferensiya ishtirokchilari bir ovozdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashlarini ma’lum qildilar. Shu tariqa, I.SHodiyev O‘zbekiston xokkey federasiyasi raisining o‘rinbosari lavozimiga saylandi.

«Menga ana shunday imkoniyat berilganidan xursandman. O‘zbekistonda xokkey asta-sekinlik bilan rivojlantirilmoqda. Bu yildan milliy chempionat ham tashkil etildi. Poytaxtimizda katta muz arenasi bunyod etilmoqda. Maqsadimiz – xokkeyni Respublika bo‘ylab rivojlantirishdir. Birgalikda ishlab kelajakda muvaffaqiyatlarga erishamiz va vaqti kelib KXLda ham o‘z jamoamiz bo‘ladi», – dedi Iskandar Shodiyev.

MOQ rahbari Umid Ahmadjonov ham kelajakda xokkey yurtimizda rivojlanishi haqida gapirib o‘tdi.
«Mart oyida yurtimizda «Humo» muz saroyi foydalanishga topshiriladi. Kelajakda bunday muz arenalari viloyatlarda ham ko‘payishiga umid qilamiz va xokkeyni butun mamlakatimiz bo‘ylab rivojlantiramiz», – dedi Umid Ahmadjonov.

Shu tariqa, O‘zbekiston xokkey federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘z ishini yakunladi.

Manba: www.olympic,uz
Kiritildi: 11:11, 14.02.2019.
O'qildi: 2129 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.