Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

O‘FA mutasaddilari Germaniya futbol federasiyasi vakillari bilan uchrashishdi

O‘FA mutasaddilari Germaniya futbol federasiyasi vakillari bilan uchrashishdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan Yevropaning futboli rivojlangan mamlakatlar futbol federasiyalari bilan yaqin aloqalar o‘rnatib, o‘zbek futboli rivoji yo‘lida ularning boy tajribasidan unumli foydalanish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelishmoqda.

Jumladan, O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning maslahatchisi San’at Sharipov va O‘FAning Yevropadagi vakili Dilshod Ro‘zmetov Germaniya futbol federasiyasida bo‘lib, nemis futboli mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Jumladan, Germaniya futbol federasiyasi Xalqaro aloqalar va strategik loyihalar bo‘yicha mutaxassis Patrik Motgomeri uchrashuv davomida Germaniya futboli bosib o‘tgan rivojlanish yo‘li haqida gapirib berdi. Shuningdek, nemis futbol akademiyalarida yo‘lga qo‘yilgan ish faoliyati, yosh futbolchilarni tarbiyalash, bolalar futboli murabbiylarini malakasini oshirish bo‘yicha Germaniyada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida nemis futbol mutaxassislarini yurtimizga olib kelish, ular ishtirokida bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalarida turli seminar va o‘quv kurslari o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, "Bavariya", "Ayntraxt" klublari akademiyalari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish va bu hamkorlik doirasida yurtimizdagi bolalar futboli bo‘yicha murabbiylarni malaka oshirish uchun Germaniyaga yuborish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, ikki mamlakatning turli yoshdagi terma jamoalari o‘rtasida o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilish bo‘yicha ham muhokama o‘tkazildi. Shu yilning may oyida Berlinning U-18 jamoasi mamlakatimizga tashrif buyuradi hamda O‘zbekistonda bu jamoa bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etiladigan bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida Germaniya futbol federasiyasi vakillariga O‘FA nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 12:10, 16.02.2019.
O'qildi: 1726 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.