Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Doston Hamdamov: «Raqobatdan qo‘rqmayman!» (intervyu)

Doston Hamdamov: «Raqobatdan qo‘rqmayman!» (intervyu)

Baho:
+ | -

Ko‘pchilik futbol muxlislarimiz Doston Hamdamovning «Paxtakor» safiga kelib qo‘shilganiga hayron bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas. Shu va boshqa savollar yuzasidan futbolchini suhbatga tortdik. Quvonarlisi shundaki, Doston Hamdamov biz uchun vaqt topib, iltimosimizni yerda qoldirmadi.


— Rossiyada o‘tkazgan mavsumingiz haqida nima deya olasiz?
— To‘g‘risi, o‘zimni sinab ko‘rish uchun «Anji»ga o‘tgan edim. O‘zimni sinab ko‘rdim. Menga bu chempionat yoqdi. Shunchaki, ayrim sabablarga ko‘ra ortga qaytishga majbur bo‘ldim.

— Rossiya premyer-ligasidan so‘ng O‘zbekiston ichki chempionatida to‘p surish karyerangizda «ortga qadam»dek ko‘rinmayaptimi?

— Yo‘q. Men bu fikrga qo‘shilmagan bo‘lar edim.

— «Anji» bosh murabbiyi bilan aloqalaringiz yaxshi edimi?
— «Anji» haqida menda faqat yaxshi taassurotlar qoldi. Murabbiyga kelsak, hech qanday muammo va kelishmovchiliklar bo‘lmadi. Avvaliga 1-2 ta uchrashuvlarda asosiy tarkibda tushdim. Keyin esa zaxiraga olindim.

— Unda nega jamoani tark etdingiz?
— To‘g‘risini aytsam, murabbiyning yangi taktikasiga mos kelmadim. Meni har xil pozisiyada sinab ko‘rdi. Yangi pozisiyalardagi o‘yinlarimdan o‘zimni ham ko‘nglim to‘lmadi. Balki, shu sabab ketgandirman, lekin Toshkentga qaytishni ortga qadam deb hisoblamayman! Nasib qilsa, yana RFPLda o‘ynash niyatim bor.

— Nega aynan «Paxtakor»?
— To‘g‘ri, takliflar bor edi. Men uchun eng qulay variyantni «Paxtakor» taklif qildi va men buni qabul qildim.

— Tushunarli. Yangi jamoangiz haqida gaplashamiz. Har bir klubda lider futbolchilar bo‘ladi. Bu jamoada kimni yetakchi sifatida ko‘rsata olasiz?
— Hech kimni ko‘rsata olmayman.Bizda lider yo‘q. Arveladze jamoaviy o‘yinni yo‘lga qo‘ymoqda. Biz bir jamoamiz va doim birga harakat qilamiz.

— «Paxtakor»da sizning qanotingizda O‘zbekistonning eng iqtidorli futbolchilardan biri Jasur Yaxshiboyev top surmoqda. Raqobatdan cho‘chimaysizmi?
— (kuladi) To‘g‘ri, ikkalamiz bir pozisiyada harakat qilamiz. Jasur bilan ancha yillardan beri birgamiz. Men bu vaziyatga boshqacharoq yondoshgan bo‘lar edim. Raqobat bor joyda o‘sish bo‘ladi. Bu ikkimizga ham foydali bo‘ladi, deb o‘ylayman va men raqobatdan qo‘rqmayman.

— Osiyo Chempionlar ligasi saralashi uchun kechgan  kurashning birinchi uchrashuvida «Eyr Fors» jamoasi ustidan g‘alaba qozondinglar. Ikkinchi uchrashuvdagi raqib ancha jiddiy. «Paxtakor» bu uchrashuvga qanday tayyorlanmoqda? Raqibinglarni o‘rganib chiqdinglarmi?
— To‘g‘ri, bu safargi raqibimiz avvalgisidan ancha kuchli. Murabbiylar shtabi  alohida reja tuzishgan va shu reja asosida raqibni o‘rganyapmiz.

— Shota Arveladze haqidagi ta’surot va fikringizni bir so‘z bilan ifodalang.
— Hmm… Chinakam yevropalik murabbiy!

— Aynan shu savol, faqat Ektor Kuper haqidagi fikringiz.
— Hmm… (o‘ylanib) Uni bir so‘z bilan tasvirlash qiyinroq ekan.  U o‘ziga yarasha kuchli va taktik murabbiy.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev suhbatlashdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:31, 16.02.2019.
O'qildi: 4987 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.