Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

O‘zbekistonda qishki sport turlari rivojlanadi

O‘zbekistonda qishki sport turlari rivojlanadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda qishki sport turlarini rivojlantirishga alohida urg‘u qaratilgandi. 

Quvonarlisi, o‘tgan qisqa vaqtda respublikamizda mazkur yo‘nalishni ommalashtirish va rivojlantirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Bunga xokkey bo‘yicha birinchi O‘zbekiston chempionatiga start berilgani, qolaversa yaqinda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi bilan hamkorlikda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor sportchi yoshlar o‘rtasida ilk marotaba “Chimgan Challenge” qishki sport turlari bo‘yicha Yoshlar festivali o‘tkazilganini misol keltirish mumkin. 

Ilk marotaba Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tashkil etilgan “Chimgan Challenge” qishki sport turlari bo‘yicha Yoshlar festivalida ishtirokchilar tog‘ chang‘isi, snoubord hamda kenja sport turlaridan qor ustida voleybol bo‘yicha o‘zaro musobaqalashdi. 

Yurtimiz quyoshli va issiq o‘lkalar sirasiga kiradi, bizda qorli, sovuq kunlar uncha ko‘p bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa-da xalqimiz, ayniqsa yoshlar orasida qishki sport turlariga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotganligi kishini quvontiradi. Buni “Chimgan Challenge” qishki sport turlari bo‘yicha Yoshlar festivali ham tasdiqladi. 

Bu festivalni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlar orasida qishki sport turlariga mehr uyg‘otish, ularning bo‘sh vaqtlarini qishki sport turlari bilan band qilish va eng asosiysi, yoshlarimiz orasidan yuksak iqtidor egalarini saralab olgan holda mamlakat terma jamoalarini shakllantirish hamda ularda raqobatni oshirish. Ochig‘i, so‘nggi yillarda mamlakatimizda qishki sport turlari ancha oqsayotgandi. Bunga davlatimiz rahbari o‘z vaqtida e’tiborlarini qaratgan holda yurtimizda qishki sport turlarini rivojlantirish va yoshlarni ushbu yo‘nalishga jalb etish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini faol targ‘ib qilish borasida dasturulamal belgilab berdilar. Shuningdek, bu borada Vazirlar Mahkamasining chora-tadbirlar dasturi ham ishlab chiqildi va ushbu dasturga asosan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdik. 

Unga muvofiq, ayni paytda qishki sport turlarini barcha hududlarimizda, ayniqsa olis tog‘li qishloqlarda rivojlantirish va ularga yoshlarni keng jalb qilish, qolaversa shaharlarimizda muz saroylarini barpo etish borasida aniq vazifalar belgilab berilgan. Bo‘stonliq tumanida tashkil etilgan “Chimgan Challenge” qishki sport turlari bo‘yicha Yoshlar festivali shu yo‘nalishdagi birinchi tadbirimiz. O‘ylaymanki, bu tadbir an’anaviy bo‘lib qoladi. Kelajakda biz qishki sport turlariga qiziqadigan va iqtidorli yoshlarimizni saralab olgan holda 2022 yili Xitoyda tashkil etiladigan qishki Olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etishni maqsad qilganmiz, - dedi sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Komiljon Xolmatov.

Manba: minsport
Kiritildi: 11:55, 17.02.2019.
O'qildi: 2353 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.