Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Rashidovda xet-trik, Shomurodov asosiy tarkibda harakat qildi yoxud o‘zbekistonlik legionerlar faoliyatiga nazar

Rashidovda xet-trik, Shomurodov asosiy tarkibda harakat qildi yoxud o‘zbekistonlik legionerlar faoliyatiga nazar

Baho:
+ | -1

Horijda to‘p surayotgan o‘zbekistonlik legionerlar qayd etgan natijalar bilan tanishishtirib o‘tamiz.  

Sardor Rashidov

O‘zbekiston milliy terma jamoasining a’zolari bo‘lgan legionerlarimiz o‘z klublari tarkibida uchrashuvlarda maydonga tushishdi.   Jumladan, Portugaliyaning "Nasyonal" klubida to‘p surayotgan terma jamoamiz hujumchisi Sardor Rashidov 22-turdan o‘rin olgan "Feyrense"ga qarshi o‘yinni ajoyib tarzda o‘tkazib, xet-trikka erishdi.   Rashidov mazkur o‘yinning 70-daqiqasida zaxiraga olindi. Uchrashuv 4:0 hisobida "Nasyonal" jamoasining g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. 
Eldor Shomurodov

Terma jamoamizning yana bir hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiyaning "Rostov" klubi tarkibida shu kunlarda Ispaniyada yig‘in o‘tkazmoqda.   Kecha "Rostov" klubi Norvegiyaning "Lillestryom" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi. O‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan tugadi. Hamyurtimiz mazkur uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. 
  Doston Tursunov

Yaponiyaning "J2" ligasi vakili "Renofa Yamaguchi" a’zosiga aylangan terma jamoamiz himoyachisi Doston Tursunov klubi 17 fevral kuni "Serezo Osaka" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.   Uchrashuv "Renofa Yamaguchi" jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Tursunov mazkur uchrashuvning 82-daqiqasida zaxiraga olindi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:23, 18.02.2019.
O'qildi: 14434 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик