Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Qilichbozlik. Markaziy Osiyo I Ochiq chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldik

Qilichbozlik. Markaziy Osiyo I Ochiq chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldik

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

15-17 fevral kunlari poytaxtimiz Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederasiyasining I Ochiq chempionatiga mezbonlik qildi. Bellashuvlarda Konfederasiyaga a’zo Afg‘oniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston mamlakatlaridan 150 nafardan ziyod o‘smirlar va kadetlar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi.

Uch kun davom etgan bellashuvlarda 36 ta medal qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Sportchilarimiz musobaqa davomida 11 ta oltin, 9 ta kumush va 16 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. 1 ta oltin medal esa Turkmanistonning ikkinchi o‘rindan joy olishi uchun yetarli bo‘ldi. Qozog‘iston vakillari 2 ta kumush va 7 ta bronzaga ega chiqishdi. Qirg‘izistonlik yosh qilichbozlar esa musobaqada 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Afg‘onistonlik sportchilar esa musobaqani medalsiz yakunlashdi.

E’tiboringizga musobaqada sovrindor bo‘lgan sportchilar ro‘yxatini havola etamiz:

15 fevral:

O‘smirlar, rapira:

1-o‘rin:Sanjarbek Sobirov (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Ilxamjan Anarkulov (Qozog‘iston)
3-o‘rinlar: Asadbek Mamatov (O‘zbekiston), Vladislav Duplyakin (Qozog‘iston)

O‘smir qizlar, rapira:

1-o‘rin: Jasmina Suvonova (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Kamilya Abdil-Xamitova (Qirg‘iziston)
3-o‘rinlar: Rada Kasimova, Shahoda Egamberdiyeva (ikkalasi O‘zbekiston)

Kadetlar, sablya:

1-o‘rin: Sherzod Mamutov (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Pazilbek Genjebayev (O‘zbekiston)
3-o‘rinlar: Bobur Rasulov, Jaloliddin Dushamboyev (ikkalasi O‘zbekiston)

Kadetlar, qizlar, sablya:

1-o‘rin: Zaynab Dayibekova (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Venera Isroilova (O‘zbekiston)
3-o‘rinlar: Shaxnoza Tog‘aymurodova, Gulbanu Yesemuratova (ikkalasi O‘zbekiston)

16 fevral:

Kadetlar, rapira:

1-o‘rin: Jumanazar Dovletnazarov (Turkmaniston)
2-o‘rin: Mirzoulug‘bek Mo‘minov (O‘zbekiston)
3-o‘rinlar: Jamshid Abdulakimov, Farhodbek Gafurjanov (ikkalasi O‘zbekiston)

Kadetlar, qizlar, rapira:

1-o‘rin: Shahzoda Egamberdiyeva (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Barchinoy Boltayeva (O‘zbekiston)
3-o‘rinlar: Mariya Peretyatko (Qirg‘iziston), Sevara Rahimova (O‘zbekiston)

O‘smirlar, shpaga:

1-o‘rin: Ahmadilloxon Solixojiyev (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Muhammadyusuf Asranov (O‘zbekiston)
3-o‘rinlar: Galim Nurimov, Denis Anasko (ikkalasi Qozog‘iston)

O‘smir qizlar, shpaga:

1-o‘rin: Lolita Ziyaxodjayeva (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Madinabonu Parpiyeva (O‘zbekiston)
3-o‘rinlar: Umida Ilyosova (O‘zbekiston), Ayauli Uteulenova (Qozog‘iston)

17 fevral:

Kadetlar, shpaga:

1-o‘rin: Ilyas Molina (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Muhammadyusuf Asranov (O‘zbekiston)
3-o‘rinlar: Galim Nurimov (Qozog‘iston), Anvarxon Solixojiyev (O‘zbekiston)

Kadet qizlar, shpaga:

1-o‘rin: Marjona Usmonova (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Kamila Bekbolat (Qozog‘iston)
3-o‘rinlar: Viktoriya Zinova (Qozog‘iston), Yekaterina Tolkacheva (O‘zbekiston)

O‘smirlar, sablya:

1-o‘rin: Pazilbek Genjebayev (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Sherzod Mamutov (O‘zbekiston)
3-o‘rinlar: Ilyas Sapargaliyev (Qozog‘iston), Behzod Olimjonov (O‘zbekiston)

O‘smir qizlar, sablya:

1-o‘rin: Zaynab Dayibekova (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Sevinch Ismoilova (O‘zbekiston)
3-o‘rinlar: Shaxnoza Tog‘aymurodova, Aysulu Usnatdinova (ikkalasi O‘zbekiston).

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:04, 18.02.2019.
O'qildi: 1903 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик