Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

OCHL. «Paxtakor» guruh bosqichiga yo‘l oldi!

OCHL. «Paxtakor» guruh bosqichiga yo‘l oldi!

Baho:
+ | -

"Paxtakor" Osiyo chempionlar ligasining saralash bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tib, guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Toshkentliklar bugun Birlashgan Arab Amirliklarida "An-Nasr" klubi mehmoni bo‘lib, 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida hakam Hamrobekov to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi deb hisobladi va "Paxtakor" darvozasi tomon penalti belgiladi. Alvaro Negredoning zarbasidan so‘ng to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi.

O‘yin davomida to‘p nazorati toshkentliklar tomonida bo‘ldi. Vakillarimizning urinishlari 31-daqiqada o‘z samarasini berdi. Hamdamov chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berayotganida to‘p "podkat" tashlayotgan himoyachining qo‘liga tegdi. Yaponiyalik referi bu safar mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. Cheran undan samarali foydalanib, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa vakillarimiz hisobdagi farqni oshirishdi.  Hamdamov chap qanotdan havolatib bergan uzatmani Marat Bikmayev bosh bilan 3-4 metr masofadan darvozaga joylab qo‘ydi.

Oradan 7 daqiqa o‘tib Sadriddin Abdullayev o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani bois, yaponiyalik hakam "Paxtakor" darvozasi tomon penalti belgilandi. Alvaro Negredo bu safar kuchli va aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

O‘yinning qolgan qismi ancha qiziqarli kechdi. Har ikkala jamoa ko‘plab vaziyatlar yaratishdi. Ayniqsa, Arveladze shogirdlari qarshi hujumlari ancha xavfli bo‘ldi, ammo so‘nggi pallada aniq pas bera olmaslik tufayli hujum gol bilan yakunlanmadi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa to‘qqizlikka kirayotgan to‘pni Sanjar Quvvatov katta mahorat bilan qaytarib qolganini ta’kidlash lozim.

Shu tariqa, "Paxtakor" Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

OCHL, 3-saralash bosqichi,
«AN-NASR» (BAA) - «PAXTAKOR» 1:2 (0:1)
Gollar: Negredo (58-penalti) — Dragan Cheran (31-penalti), Marat Bikmayev (50)
Foydalanilmagan penalti: Negredo (15, noaniq)
Ogohlantirishlar: Xolid Jalol (46) — Odil Hamrobekov (14)
"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiyev, Yegor Krimes (s), Sherzod A’zamov, Alijonov, Sadriddin Abdullayev (Dilshod Rahmatullayev 65), Odilbek Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Dostonbek Hamdamov (Jasur Yaxshiboyev 72), Marat Bikmayev (Igor Sergeev 81)
"An-Nasr": Ibrohim Essa, Mahmud Hamis, Ahmad Ibrohim, Mas’ud Sulaymon, Muhammad Ibrohim, Jon Umari, Xolid Jalol, Tariq Ahmad, Ronni Fernandes, Serjio Dutra, Alvaro Negredo (s)
Hakamlar: Ryuji Sato, Xiroshi Yamauchi, Jun Mixara (Yaponiya), Rovan Armug‘on (Hindiston).
Hakamlar nazoratchisi: Umar Abu Lum (Iordaniya).
Uchrashuv komissari: Tu Ksiliang (Xitoy).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:57, 19.02.2019.
O'qildi: 5907 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик